So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Effect.uz tahririyatiga jonkuyar fermerdan murojaat kelisb tushdi.
"Fermerlarga bosim ortyapti, sohadagi fermerlarni ishdan bezdirishyapti, hakikatdan kelajakda yoshlar fermerchilik kasbini tanlamasligi aniq boʻlib kolyapti. Fermerlar uchun pilla boqish ortiqcha yuk boʻlyapti, hozirgi kunda fermer paxtaga ishlov bersinmi yo gʻallaga qarasinmi? Yana ustiga- ustak, ipak qurti boqishga majburlanishini qanday tushunish mumkin.
Axir pillachilik sohasi ham xususiy tadbirkor qoʻlida boʻlsa, axir xususiy soha tadbirkorlari oʻzaro narxini kelishgan holda shartnoma qilishlari kerak emasmi? Oʻzi fermerlarda ishchi kuchlari yetishmayotgan boʻlsa, xullas kalom rahbariyatdagilar oʻylab koʻrishlari kerak, agar fermer ipak qurti tutishga majburlanadigan boʻlsa, fermerning paxtaga, gʻallaga ishlov berishga vaqti boʻlmaydi, oqibatda xosildorlik pasayadi, yuqori xosil olish quruq gap boʻlib qolaveradi.
Hurmatli inson eʼtiboringiz uchun kolxoz davrida ipak qurtini boqishga hududda yashovchi aholi jalb qilingan. Hozirgi kunda ipak qurtini boqishga iqtisodiy ahvoli kundan-kunga ogʻirlashayotgan fermerlarning majburlanayotgani qanchalik qonunlarimizga toʻgʻri keladi, deb uylaysiz. Balki rahbariyatdagilar bu sohaga ham eʼtiborini qaratib qolar", deb yozadi murojaatchi.