So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash Departamenti munosabat bildirdi.

Kecha, 18-aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Turkiston” bank xizmatlari markaziga nomaʼlum shaxs soxta qurol bilan hujum uyushtirgani haqidagi xabarlar keng tarqalgan edi.
Unda aytilishicha, 18-aprel kuni soat 16:37 da Toshkent shahar Qoʻriqlash boshqarmasiga Yunusobod tumanidagi bank xizmatlari markazidan tashvish xabari kelib tushgan.
Ushbu murojaat asosida tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari voqea joyiga borishganda nomaʼlum fuqaro koʻrinishidan toʻpponchaga oʻxshagan buyum bilan markaz ishchisidan pul talab qilayotganini guvohi boʻlishgan.
Huquqbuzar xodimlarni koʻrib markaz oynasini sindirib qochib ketayotgan vaqtda koʻrilgan tezkor choralar natijasida qoʻlga olingan. Dastlabki oʻrganishlar jarayonida ushbu fuqaro Qibray tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.M. ekanligi, uning qoʻlidagi oʻyinchoq toʻpponchaligi aniqlangan.
“Holat boʻyicha voqea joyiga IIO xodimlari chaqirtirilib, fuqaro oʻrnatilgan tartibda Yunusobod tumani IIO FMB ga topshirilgan. Hozirda IIO tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi Qoʻriqlash boshqarmasi xabarida.



