So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Mashinaning taqdim etilishi shu yilning 9-oktyabriga rejalashtirilgan.
Italiyaning mashhur avtomobil kompaniyalaridan boʻlgan “Ferrari” oʻz tarixida ilk bora elektromobil ishlab chiqarmoqchi. Bu haqda “Reuters” xabar qildi.
Yangi model toʻliq kompaniya tomonidan mustaqil tarzda yigʻilib, barcha asosiy elektr uskunalari “Ferrari” tomonidan yasaladi. Elektr komponentlari ishlab chiqarish va yigʻish uchun yangi sex ham qurilmoqda.
“Ferrari” yangi elektromobil uchun uch xil elektr uzatmalar tizimini taqdim etadi. Aniq texnik tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan, ammo model brendga xos va zamonaviy koʻrinishda boʻlishi kutilmoqda.
“Ferrari”ning azaliy raqobatchisi boʻlgan “Lamborghini” esa elektromobil ishlab chiqarishga shoshilmayapti. Kompaniya ilk elektromobilini 2029-yilgacha taqdim etmasligini bildirgan.