So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Navoiyliklar nimadan norozi?
Effect.uz tahririyatiga Navoiy viloyati fuqarolaridan murojaat kelib tushdi.
Yaxshi bilasizki, chigirtka mavsumi tugagandan soʻng kelgusi mavsumgacha xizmat texnikalari aloxida eʼtibor bilan asrab avaylanib, saqlanishi kerak. biroq Navoiy viloyati bunday emas. Viloyatda davlat texnikalari boshqa ishlarga jalb qilingan.
"Navoiy viloyati oʻsimliklar karantini va himoyasi boshkarmasi inson resurslari boʻlimi boshligʻi Qodirov Shaxzod Uchqun oʻgʻlining tanish bilishchilik tuzilmasi hakida uning tizimda qiladigan ishlariga biror yechim bormi? Guyoki, Sh.Kodirov bu tashkilotda xohlagan ishini kilib yurishi kerakdek.
Noqonuniy tayinlovlar bevosita uning raxnamoligi ostida amalga oshirilib kelinmokda. Jumladan, hali lavozimga tayinlanganiga bir oycha vaqt boʻlmagan viloyat Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati boshligʻi Abbos Jabborov bilan birgalikda xizmat xodimlarini xam birin ketin bosimlar ostida ishdan boʻshash xakida arizalarini olmoqda. Bu komanda ishsizlikni bartaraf kilish oʻrniga qayta ishsizlar sonini ortishiga sababchi boʻlmoqda.
Tashkilotda tanish bilishchilik juda avj olgan. Viloyatda bu shaxslarga soʻzi oʻtadigan biror bir rahbar bormi? Hozirga qadar 4 kishining arizasini olgan, shuningdek yana 3 kishining arizalari olinib boʻshatilishga tayyor turibdi. Bosimlar ostida bunga biror yechim topiladi degan umiddamiz", deb yozadi fuqaro oʻz murojaatida.