So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Samarqandlik ota-bolaga IIB xodimlari nega kuch ishlatdi?
Effect.uz tahririyatiga Samarqand viloyati Paxtachi tumani Mirzolim koʻchasida istiqomat qiluvchi Safarova Dilafruzdan murojaat kelib tushdi.
Murojaatchi shunday deydi: "Sizlarga murojaat yoʻllashimdan maqsad oilamiz boshiga tushgan holat haqida jamoatchilikni xabardor qilish va yordam soʻrashdir.
2025-yil 10-aprel kuni taxminan soat 16:30 larda yashash xonadonimizga bir guruh tuman IIB xodimlari kelib, turmush oʻrtogʻim Haydarov Elyor Erkinovichga tuman IIB boʻlimiga borishi kerakligini aytishdi. Turmush oʻrtogʻim ulardan nega chaqirilayotganini soʻrab, agar borishim kerak boʻlsa, rasmiy chaqiruv qogʻozi bilan murojaat qilinglar, deb javob berdi. Shundan soʻng IIB xodimlari “bormasang, oʻzimiz olib ketamiz”, deb tahdid qilib, 10-15 nafar xodim xonadonimizni bosib kirdi hamda turmush oʻrtogʻimni zoʻravonlik bilan oyoq-qoʻllarini qayirib, qorin qismlariga tepib, ogʻir holatda olib ketishdi.
Bu holatga yaqinlashgan 2013-yilda tugʻilgan oʻgʻlim Erkinov Asror ham guvoh boʻldi va u ham IIB xodimlari tomonidan zoʻravonlikka uchradi. Bolamning ojizligi va yoshi katta emasligiga qaramay, unga ham kuch ishlatishdi. Tanasiga yetkazilgan jarohatlar aks etgan rasmlar mavjud", deb yozadi fuqaro.
Qolgan barcha tafsilotlar bilan videoda tanishishingiz mumkin.