So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Jamiyatimizning koʻrinmas qahramonlari
Har tongda koʻpchilik hali uygʻonmagan bir vaqtda shahar koʻchalarida harakat boshlab, tinimsiz ishlayotgan insonlar bor. Ular — koʻcha tozalovchilar. Ularning mehnati koʻrinmasdek tuyulishi mumkin, biroq aynan shu fidoyi insonlar tufayli biz toza, tartibli va chiroyli shahar muhitida yashayapmiz.
Koʻcha tozalovchilar ertalab soat 5:00 larda ishga chiqishadi. Ular supurgilar, aravalar va baʼzida maxsus texnikalar yordamida axlatlarni yigʻishtirib, koʻchalarni silliqlab, shaharni uygʻonishga tayyorlashadi. Sovuq qishda, issiq yozda, yomgʻirli kunlarda ham ishlarini toʻxtatmaydilar. Bu ogʻir mehnat jismoniy kuch, matonat va sabr-toqat talab qiladi.
Ular nafaqat axlatlarni tozalaydi, balki gullarni parvarishlaydi, daraxtlarga gʻamxoʻrlik qiladi, piyodalar yoʻlaklarini tozalaydi. Tozalovchilarning ishi — bu faqatgina shaharni chiroyli qilish emas, balki odamlar salomatligi va ekologik muhitni himoya qilishga ham xizmat qiladi.
Soʻnggi yillarda bu sohada ijobiy siljishlar koʻzga tashlanmoqda. Baʼzi shahar hokimliklari xodimlar uchun yangi ish kiyimlari, himoya vositalari va texnika ajratmoqda. Shunga qaramay, koʻp hollarda bu mehnat egalari eʼtibordan chetda qoladi, ularning muammolari yetarli darajada yoritilmaydi.
Shuningdek ular kundalik mehnatlari bilan nafaqat koʻchalarni, balki odamlar qalbini ham poklaydi. Ularning mehnatini qadrlash, eʼtirof etish, sharoitlarini yaxshilash biz — jamiyat aʼzolari uchun katta masʼuliyatdir. Har safar toza koʻchada yurganimizda, shu tozalik ortida turgan insonlarni eslashni unutmaylik!
Maʼlumot uchun ushbu rasmdagi jarayon poytaxtimizning Yangihayot tumani koʻchalaridan birida olindi.
Muallif: Gulbibi Eshmatova