So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Xitoyda uch kundan beri boʻron kuzatilmoqda
XXR Milliy meteorologiya markazi yakshanba kuni kuchli shamol tufayli yana “toʻq sariq” ogohlantirish eʼlon qildi.
11-aprel, juma oqshomidan boshlab Xitoy shimolida sovuq havo massasining kirib kelishi sababli kuchli shamol kuzatilmoqda.
XXR Milliy meteorologiya markazining bashorat qilishicha, yakshanba kuni ertalab soat 8 dan dushanba kuni ertalab soat 8 ga qadar Ichki Moʻgʻuliston avtonom rayoni, Shansi va Xebey viloyatlari hamda Pekin shahrida soniyasiga 32,6 metrgacha shamol esadi.
Shuningdek, yakshanba kuni XXR Milliy meteorologiya markazi qum va qor boʻronlari munosabati bilan koʻk ogohlantirishni uzaytirdi. Sinoptiklar qor boʻroni Ichki Moʻgʻuliston avtonom rayoni, Szilin va Sinxay viloyatlarining ayrim hududlarida boʻlishini taxmin qilmoqda.
Xitoyda toʻrt bosqichli ob-havo haqida ogohlantirish tizimi mavjud boʻlib, qizil rang xavfning eng yuqori darajasini bildiradi, xavf darajasining kamayib borishi toʻq sariq, sariq va koʻk ranglar bilan ifodalanadi.
Avvalroq, vazni 50 kilogrammgacha boʻlgan Xitoyning shimoliy qismi aholisiga kuchli shamol tufayli yaqin ikki kun davomida koʻchaga chiqmaslik tavsiya qilingan edi. Shahar maktablarida boshlangʻich va oʻrta maktab oʻquvchilari uchun darslar ham bekor qilindi va ayrim jamoat joylari, jumladan, muzeylar yopildi, deb xabar beradi rbc.ru.