So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Bu haqda Italiya Respublikasi Prezidenti Bosh kotibiyatining “Gazzetta Ufficiale” hukumat gazetasi rasmiy saytida eʼlon qilingan press-relizida maʼlum qilindi.
Prezidentning tashqi siyosat boʻyicha maxsus vakili, Xavfsizlik kengashi kotibi oʻrinbosari Abdulaziz Komilov “Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun” ordenining “Ofitser” darajasi bilan taqdirlandi.
Roʻyxatga Italiya va xorijiy mamlakatlarning boshqa taniqli arboblari ham kiritilgan.
Eslatib oʻtamiz, «Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun« ordeni Italiyaning oliy davlat mukofoti boʻlib, 1951-yil 3-martda taʼsis etilgan. U Italiya fuqarolari va chet elliklarni adabiyot, sanʼat, iqtisodiyot, xayriya, ijtimoiy va gumanitar faoliyat sohalarida millat oldidagi katta xizmatlari uchun taqdirlash uchun moʻljallangan.
Mukofotlash Italiya Prezidenti tomonidan Vazirlar Kengashi Raisining roziligi bilan, odatda yiliga ikki marta: 2-iyun (respublika tashkil topgan kun) va 27-dekabr (Konstitutsiya kuni) da amalga oshiriladi.