So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Myanmada garovga olingan Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolari qutqarildi
Myanmada odam savdosi qurboni boʻlgan ikki nafar oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi.
Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. Oʻzbekistonning Bangkok shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, M.S. va B.V. ismli fuqarolar Myanmada odam savdosi qurboni boʻlganini bildirib, Oʻzbekistonga qaytishda yordam soʻrab murojaat qilgan.
Maʼlum boʻlishicha, ular Tailandga internet orqali yuqori maoshli ish taklif qilinganidan soʻng borgan. Biroq Tailandga yetib kelganida, noqonuniy ravishda Myanmada olib ketilgan va u yerda odam savdosi bilan shugʻullanuvchi jinoiy guruh qoʻliga topshirilgan. Oʻzbekistonliklar Myanmada noqonuniy markazlarda ishlashga majbur qilingan. Noqonuniy harakatlarni amalga oshirishdan bosh tortgan fuqarolarga jismoniy zoʻravonlik va tahdidlar qoʻllangan. Jinoiy toʻda ularning ozod etilishi va vataniga qaytishi uchun katta miqdorda pul talab qilgan.
Shuningdek, 8 nafar Qirgʻiziston va 4 nafar Qozogʻiston fuqarosi ham Myanmada xuddi shunday vaziyatga tushib qolgan. Tailandda Qirgʻizistonning diplomatik vakolatxonasi yoʻqligi inobatga olinib, Qirgʻiziston tomonining iltimosiga koʻra, Oʻzbekiston va Qozogʻiston diplomatlari ushbu fuqarolarni oʻz vataniga qaytarishni tashkil etishda yordam koʻrsatgan.
Myanma va Tailand vakolatli organlari bilan kelishilgan harakatlar va muzokaralar natijasida Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolari Mayesot (Tailand) chegara oʻtish punktida ozod qilinib, Oʻzbekiston va Qozogʻiston diplomatlariga topshirilgan. Ozodlikka chiqqanlar vaqtinchalik uy-joy va oziq-ovqat bilan taʼminlangan.
11-aprel kuni Oʻzbekiston va Qozogʻistonning Tailanddagi diplomatik vakolatxonalari koʻmagida ikki nafar Oʻzbekiston, 4 nafar Qozogʻiston va 7 nafar Qirgʻiziston fuqarosi oʻz oilasi bagʻriga muvaffaqiyatli qaytarilgan. Qirgʻizistonning bir fuqarosi sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar sabab tibbiy muassasada davolanish uchun vaqtincha Tailandda qolgan. Uning vataniga qaytishi davolanish kursi tugaganidan keyin tashkil etiladi.
Bosh konsulxona fuqarolarni xorijda ishga joylashish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqishda hushyor boʻlishga va axborot manbalarining ishonchliligini sinchkovlik bilan tekshirishga chaqiradi. Shuningdek, idora vatandoshlarga Tailand, Kambodja, Myanma va Laosda ishga joylashish boʻyicha konsullik yordamini koʻrsatishga tayyorligini bildiradi.