So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori qamaldi
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi maktab direktori giyohvandlik moddalarini sotish faoliyati bilan shugʻullanib kelgani uchun 10-yilga qamaldi.
Maʼlum qilinishicha, F.X. ismli shaxs tumanda joylashgan maktablarning birida direktor sifatida faoliyat olib borgan. U muqaddam ham Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan aybli deb topilib, 2-yil 2 oy muddatga ahloq tuzatish ishlari bilan jazolangan.
Sud hujjatiga koʻra, F.X. 2024-yil avgust oyining boshlarida Urgut tumani “Murodqishloq” mahallasida yashovchi mahalladoshi Sh.A. bilan koʻp miqdordagi opiy giyohvandlik vositasini Samarqand viloyati hududida sotib oʻtkazish maqsadida oldindan jinoiy til biriktiradi. Sh.A. tergovda shaxsini aniqlash imkoni boʻlmagan shaxsdan 1 kg opiy giyohvandlik moddasi pulini sotganidan soʻng berish sharti bilan olgan.
Tuzilgan rejaga muvofiq maktab direktori va sherigi 2024-yil 27-noyabr huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan giyohvand moddani 12 ming AQSH dollariga sotmoqchi boʻlgan vaqtda ushlangan.
Sobiq direktor sud majlisida qoʻyilgan aybga qisman iqrorlik bildirgan. Uning sherigi ham oʻz aybiga qisman iqrorlik bildirgan va boʻlgan hodisalarni sudga tasdiqlagan.
Sudlanuvchi F.X. sud hukmi bilan 25,273-moddasi (giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) 5-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan va oʻn yilga ozodlikdan mahrum qiish jazosi tayinlangan.
Sh.A. ham ushbu moddada nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan va unga 11-yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.