So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarining savdosi fosh etildi
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) va 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gurlan tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “U.-S.” MCHJga qarashli savdo doʻkoni koʻzdan kechirilganda turli nomdagi 332 dona qalbaki aksiz markali alkogol va 1 270 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shuningdek, Departamentning Chiroqchi tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda fuqaro Oʻ.J. fuqaro O.I.ga 360 dona, fuqaro J.S. fuqaro N.S.ga 756 dona qoʻlbola usulda yasalgan isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotgan vaqtida ashyoviy dalilar bilan ushlanganlar.