So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Toshkentdagi doʻkonlardan birida yongʻin chiqdi
Toshkent shahar Olmazor tumanida doʻkon yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 8-aprel kuni soat 07:44 da Olmazor tumani Saqichmon koʻchasida joylashgan doʻkonda yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan. Shunga koʻra, yongʻin-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 07:47 da yetib borib, yongʻin soat 07:57 da oʻchirilgan.
Bildirilishicha, yongʻin oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent viloyati Keles shahrida joylashgan tez yordam garaji yonib ketgan edi. Yongʻin oqibatida jami 145 metr kv maydon va ushbu hududdagi foydalanishga yaroqsiz boʻlgan, nosoz holdagi 3 ta Damas yonib, zararlangan. Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok boʻlganlar boʻlmagan.