So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Davlat tilida maʼlumot bermagan restoranga chora koʻrildi
Ijtimoiy tarmoq orqali “Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan “MADO” ovqatlanish korxonasida isteʼmolchilarga taomnoma xorijiy tilda taqdim etilgan, maʼlumotlar Davlat tilida emas...” mavzusida fuqaroning eʼtirozi qoldirilgan.
Xabarga koʻra, Toshkent shahrida joylashgan “MADO” restoranining taomnomasida haqiqatdan ham davlat tilida maʼlumotlar mavjud emasligi maʼlum boʻlgan.
“Bu bilan xizmat koʻrsatish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 75-sonli qarorlarida belgilab berilgan umumiy ovqatlanish mahsulotlarini (xizmatlarni) ishlab chiqarish va sotish qoidalari buzilgan”, deyiladi xabarda.
Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha “MADO DONDURMA TR” MCHJ QKga qoʻmitaning soʻrov xati kiritilib, unda jamiyatga qarashli barcha filiallarning taomnomalarida davlat tilida maʼlumotlar qayd etilishi yuzasidan tegishli choralar koʻrish zarurligi qayd etilgan.
Yakunda MCHJga qarashli restoran va ularning filiallari taomnomalarida davlat tilida maʼlumotlar qayd etilib, isteʼmolchilarga taqdim etilishi taʼminlangan.