So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Avtobusda yoʻl haqini toʻlamaganlarga reyd boshlandi
Toshkent avtobuslarida chiptasiz harakatlanganlar jarimaga tortilmoqda.

Rasmiylar yoʻl haqini toʻlamay tushib ketayotganlik holati tez-tez uchragani sabab martning oʻrtalaridan reyd tadbirlarini boshlagan. Maʼlumotlarga koʻra, 1-aprel sanasiga qadar 56 kishiga 37,5 ming soʻm miqdorida jarima yozilgan.
Shu yil 1-yanvaridan boshlab Toshkentda avtobuslar naqd pulda yoʻl haqini qabul qilmay, toʻlov elektronlashtirildi. Yoʻlovchilar faqat ATTO, bank kartalari yoki QR kodli bir martalik chiptalar orqali toʻlovni amalga oshiradigan boʻldi.
Transport nazorat inspeksiyasiga koʻra, ayrim yoʻlovchilar yoʻl haqini hech qanday sababsiz toʻlamasdan avtobusdan tushib ketayotgani tez-tez uchramoqda, shu sababli inspeksiya xodimlari tomonidan doimiy reyd tadbirlari tashkil etila boshlangan.
“Toshshahartransxizmat” AJ bunday tadbirlar 14-mart sanasidan boshlangani va 1-aprelga qadar reydda chiptasiz harakatlangan 56 kishi jarimaga tortilganini maʼlum qildi. Jarima miqdori 37 500 soʻmni tashkil etadi.
Maʼlumot uchun, MJtKning 144-moddasiga koʻra, yoʻlovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi — BHMning oʻndan bir qismi (bugungi kunda 37 500 soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻlishi belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi boshligʻi Mirakbar Ikromov Kun.uz bilan suhbatda poytaxtda 2 600 ta avtobekat mavjudligini, ularning 300 dan ortigʻida avtobus uchun bir martalik QR-chiptalarni olish shoxobchalari mavjud emasligini aytgandi. Masʼul ayni damda poytaxtdagi mavjud 5000 ga yaqin infokiosklarni tizimga integratsiya qilish ishlari ketayotganini taʼkidlagandi.
Oʻz oʻrnida, elektron toʻlovlarning afzalligi boʻlib, yoʻl haqi 1 700 soʻmni tashkil qiladi. Bir soat ichida bir nechta avtobuslardan foydalanish esa arzonlashadi, masalan, 1-martasiga 1 700 soʻm, 2-martasiga 700 soʻm, 3-martasiga esa bepul.



