So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Rossiyada oʻzbekistonlik yigit oʻgʻirlab ketildi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumondorlarga qanday ehtiyot chorasi qoʻllash masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bir guruh erkaklar 21 yoshli Oʻzbekiston fuqarosini oʻgʻirlab, uning qaytarilishi uchun 40 ming rubl talab qildi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.
Nashrning yozishicha, joriy yilning 30-mart kuni mahalliy ayollardan biri politsiyaga qoʻngʻiroq qilib, uning oʻgʻli odam oʻgʻirligiga guvoh boʻlganini xabar qilgan. Maʼlum boʻlishicha, Xalturin koʻchasida 6-7 kishidan iborat guruh migrantni doʻpposlab, yonida turgan mashinaga majburan oʻtqazgan. Jabrlanuvchining hamrohi ham oʻz ixtiyori bilan avtomobilga oʻtirgan. Shundan soʻng mashina voqea joyidan gʻoyib boʻlgan.
Biroz vaqt oʻtgach, jabrlanuvchining 23 yoshli akasi ham politsiyaga murojaat qilgan. Unga nomaʼlum shaxslar qoʻngʻiroq qilib, 21 yoshli ukasi Shoxbozbek ularning qoʻlida ekanini va uni qaytarish uchun 40 ming rubl talab qilayotganini bildirgan.
Shuningdek, guvohlar ham 30-mart kuni soat 19:25 larda Xalturin koʻchasi, 15/4-uy oldida 6-7 kishidan iborat guruhning yosh yigitni doʻpposlab, avtomobilga oʻtqazib, voqea joyidan olib ketganini koʻrgan. Oʻgʻirlikda gumon qilingan 20 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan olti kishi qoʻlga olingan va ular ham chet el fuqarolari boʻlib chiqqan. Oʻgʻirlangan yigit esa Stachek prospekti 9-uy oldida topilgan. Maʼlum boʻlishicha, u baʼzi gumondorlarni avvaldan tanigan.
Qayd etilishicha, oʻgʻirlikda gumonlanayotgan 6 kishi, shu jumladan, jabrlanuvchi ham izolyatorga joylashtirilgan (jabrlanuvchining migratsiya qoidalarini buzgani aniqlangan). Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda gumondorlarga qanday ehtiyot chorasi qoʻllash masalasi koʻrib chiqilmoqda. Voqeaning barcha tafsilotlari oʻrganilmoqda.