So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Andijondagi portlashda 3 kishi vafot etgan
Bugun, 31-mart kuni soat 12:19 da Andijon viloyati, Izboskan tumani “Mirzo Ulug‘bek” MFY, Yangibozor ko‘chasida joylashgan masjid hududidagi tahoratxonada gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida Andijon viloyati FVBga xabar qilingan.
Zudlik bildan aytilgan manzilga 2 ta qutqaruv otryadi va 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Hodisa natijasida tahoratxona devor va tom konstruksiyalariga zarar yetgan, yong‘in sodir bo‘lmagan.
Chaqnash oqibatida 3 nafar fuqaro M.Abdullayev, J.Anvarov va B.Burxonovlar halok bo‘lgan, 10 nafar fuqaro G‘.Toyloqov, A.Abdirayimjonov, H.Zuxriddinov, I.Raximov, M.Mamaturaimov, I.Shomurodov, K.Qosimov, U.Boltaboyev, M.Abduraxmonov va M.Boltaboyevlar tan-jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan.
Voqea joyiga viloyat hokimi, FVB, IIB, MG, SSB, prokuratura va “Hududgazta’minot”, tuman FVDqT xizmatlari kuch, vositalari yetib borib, hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Hodisa sodir bo‘lganligi xabar qilinganida vodiyda bo‘lib turgan Bosh vazir o‘rinbosari O.Ramatov hamda Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor B.Qudratxo‘jayev Izboskan tumaniga yetib borgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.