So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Xalqaro qidiruvdan 12 yil yashiringan ayol Istanbuldan Toshkentga deportatsiya qilindi
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari tomonidan 12-yildan beri xalqaro qidiruvda boʻlgan ayol Istanbul shahridan Toshkentga deportatsiya qilindi.
Qayd etilishicha, 1977-yilda tugʻilgan R.N. xorijiy davlat hududida uyushgan guruh tarkibida harakat qilib, ularning manfaatlari yoʻlida odam savdosi bilan shugʻullanganlikda ayblanmoqda.
“Ushbu shaxsning noqonuniy xatti-harakatlaridan zarar koʻrgan fuqarolardan Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va hududiy ichki ishlar boʻlinmalariga murojaat qilishlari soʻraladi”, deb yozadi konsulxona matbuot xizmati.
Qoʻshimcha qilinishicha, jinoyat uchun jazolanish muqarrarligini taʼminlash maqsadida Turkiya huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlikda maxsus tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.



