So`ngi yangiliklar
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Davlat xizmatini boshqarishda yangi tizim: 33 ta hududda natijaga asoslangan model joriy etiladi
Toshkentda bir necha kishini kaltaklagan shaxs Qozogʻistondan ekstraditsiya qilindi
Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Toshkentdagi tungi klublardan birida fuqaroni urib, komaga tushirib qoʻygan Akmal Shukurov Qozogʻistonda ushlanib, Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi.
Qayd etilishicha, hozirda Akmal Shukurov Qozogʻiston Respublikasidan Toshkent shahriga ekstraditsiya qilingan va tergov harakatlari davom etmoqda. Mazkur holat boʻyicha tergov harakatlari toʻliq va xolisona olib borilib, qonun ustuvorligi va jinoyat uchun jazo muqarrarligi taʼminlanadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Akmal Shukurov Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi tungi klublardan birida fuqaroni urib, komaga tushirib qoʻygani xabar qilingandi. Sodir etilgan jinoyat boʻyicha olib borilgan tergov harakatlari davomida tergovdan qochib, yashiringani sababli unga nisbatan sirtdan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) va 104-moddasi (Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan ayb eʼlon qilinib “Qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʻllanib, qidiruv eʼlon qilingan va Qozogʻiston Respublikasida ushlangandi.