So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
Xusanov PSJga oʻtishi mumkin
Fransiyaning PSJ klubi Oʻzbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Xusanovga qiziqish bildirmoqda. “Lans” futbolchisi 20 million yevroga baholangan.
Parij klubi qishki transfer oynasida himoya chizigʻini kuchaytirmoqchi va “Lans”dan Abduqodir Xusanovga qiziqish bildirmoqda, deb yozdi “FootMercato”.
“PSJ”da futbol maslahatchisi lavozimini egallab turgan Luis Kampos allaqachon futbolchi atrofidagi odamlar bilan uchrashib ulgurgan. Taxminlarga koʻra, Xusanovning transferi parijliklar ham kuzatib borayotgan “Benfika”dan Tomas Arauxoning transferidan ham arzonga tushadi.
Oʻzbekiston milliy futbolchisining narxi 20 million yevroga baholanmoqda. Xusanov 2023/24-yilgi mavsumdan buyon “Lans” safida toʻp surmoqda va “Liga 1” ning joriy mavsumida 10 ta oʻyinda maydonga tushgan.