So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Shaxmat: Afruza Hamdamova 2 karra jahon chempioni boʻldi
Afruza Hamdamova Braziliyaning Santa-Katarina shahrida boʻlib oʻtayotgan Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida muddatidan avval gʻalaba qozondi.
Hamdamova 10 ta uchrashuvdan faqat bittasida durang oʻynab, qolgan barcha partiyalarda zafar quchdi. Afruzaning eng yaqin taʼqibchisi oʻzidan ikki ochko kam jamgʻargan. Bugun jahon chempionimiz soʻnggi 11-turda oq donalarda qozogʻistonlik Zarina Nurgaliyevaga qarshi bahs olib boradi. Hamdamovada 9,5 ochko boʻlsa, kuchli uchlikdan joy olgan germaniyalik Charis Peglau va Zarina Nurgaliyeva hisobida 7,5 tadan ochko bor.
Eslatib oʻtamiz, 2023-yilda Hamdamova Italiyada oʻtkazilgan 14 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib boʻlib, ayollar orasida oʻzbekistonlik birinchi jahon chempioniga aylangandi.