So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Qaror bekor boʻlishi uchun 7 asos: Toshkent shahar prokuraturasi ikki sud qarori ustidan Taftish instansiyasiga protest kiritdi
Toshkent shahar prokuraturasi sudning ikki instansiyasi chiqargan qarorini bekor qilish boʻyicha protest kiritdi. Prokuratura protestida Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining 2023-yil 28-sentyabrdagi va Toshkent shahar maʼmuriy sudi apellyatsiya instansiyasining 2023-yil 20-noyabrdagi qarorlari haqida gap ketadi.
Sud muhokamasida Togʻ kon sanoati va geologiya vazirligining 2023-yil 7-avgustda qabul qilingan 11-sonli qarorini haqiqiy emas deb topish soʻralgan boʻlib, barcha sudlar vazirlikning Ohangaron tumanida joylashgan “Apartak 3” koʻmir konida faoliyat olib borgan “MIZAN ITHALET VE IHRACAT TURIZM PAZARLAMA TICARET” MCHJning 2023-yil 10-yanvarda rasmiylashtirilgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnomani muddatidan ilgari bekor qilish boʻyicha qabul qilingan qarorini qoʻllab-quvvatlagan.
Geologiya vazirligining 11-sonli qarori:

Prokuratura esa 2024-yilning 18-yanvar kuni Toshkent shahar maʼmuriy sudi Taftish instansiyasiga ish yuzasidan protest kiritgan. Xususan, protest kiritgan shahar prokruori oʻrinbosari, adliya katta maslahatchisi E.Inamjanov sudlarning qarorini bekor qilinishi kerakligi toʻgʻrisida 7 ta asos keltirgan.
Toshkent shahar prokuraturasining 2024-yilning 18-yanvardagi protesti:



Eʼtiborlisi, protest 18-yanvar kuni kiritilgan boʻlib, ishni koʻrayotgan uchinchi sud – Toshkent shahar maʼmuriy sudi Taftish instansiyasi prokuratura protestini muhokama qilish haqida oʻylab ham koʻrmasdan, protestni qanoatlantirmagan holda 19-yanvar kuni joʻrtakasiga qaror eʼlon qilib, quyi instansiyalar qarorlarini kuchida qoldirgan.
Toshkent tumanlararo maʼmuriy sudining 2023-yil 28-sentyabrdagi qarori:


Toshkent shahar maʼmuriy sudi apellyatsiya instansiyasining 2023-yil 20-noyabrdagi qarori:



Toshkent shahar maʼmuriy sudi Taftish instansiyasining 2024-yil 19-yanvardagi qarori:



