So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Sibirning abadiy muzligidagi “zombi virusi” qanchalik xavfli?
Ommaviy axborot vositalari va internet tarmogʻi orqali fransuz olimlari tomonidan Sibirning abadiy muzligidan 5 ta zombi virusini topib, ularni laboratoriya sharoitida yoshi 48 500-yil boʻlgan zombi virusini jonlantirishgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Eng qadimgi namuna 16 metr chuqurlikdagi yer osti koʻlida topilgan. Ushbu virus odamlar hayoti uchun oʻta xavfli. Chunki inson tanasi bunday qadimiy viruslar bilan kurashishga moslashmagan.
Hozirgi kunga kelib, olimlar bir nechta virus shtammlarini jonlantirishdi va ularni patogenlik xavfini mavjudligini aniqlishga erishishdi.
Tadqiqotchilar “zombi viruslar” deb ataydigan bunday patogenlar jamoat salomatligiga xavf solishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Inson immuniteti turli xil viruslar bilan aloqasi natijasida ularga qarshi turgʻun immunitet hosil qilgan. Biroq, insoniyat ilgari duch kelmagan qadimiy shtammlar bilan immunitet bardosh bera olmasligi mumkin.
Soʻnggi yillarda olimlar qadimgi viruslar va bakteriyalar bilan bogʻliq tahdid haqida koʻproq gapirishmoqda. Oʻn minglab yillar davomida ular abadiy muzliklarda saqlangan. Biroq, hozirda abadiy muzliklar erishi oqibatida tabiatga tarqalish ehtimoli mavjud.
Bugungi kunda fransiyalik olimlar iqlim oʻzgarishi tufayli muzliklar juda tezlik bilan erib borishi sababli, qadimiy viruslar tabiiy sharoitlarda ham tirilishi mumkin.
Shu holatga tayyor boʻlish uchun olimlar viruslarni laboratoriya sharoitida jonlantirib, ularga qarshi profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar koʻrishga tayyorlanishmoqda.
“Zombi virusi” yoki boshqacha “Pandoravirus” deb ham ataladigan virus Yakutiyadagi koʻlning tubida topilgan. Zombi virusi – bu odamlarni zombilarga aylantiradigan virus yoki kasallikning umumiy nomidir.
Agar zombi virusi juda yuqumli boʻlsa, infeksiyani yuqtirish uchun hatto murdaga yoki virusning boshqa manbasiga teginish ham yetarli boʻladi. Zombi virusi oʻlgan odamlar va hayvonlarning hujayralarining oʻsishini tezlashtirish orqali ularni qayta jonlantirishga qodir.
Virus tananing energiyaga boʻlgan ehtiyojini kamaytirishi yoki qandaydir tarzda ularning sarflanishini kamaytirishi mumkin, chunki zombilar bir necha oy ovqatlanmasdan yurishlari mumkin. Virus, shuningdek, zombi ichidagi mutatsiyaga qodir va ularning baʼzilariga noyob qobiliyatlarni beradi.
Zombi virusi qanday yoʻllar bilan yuqadi?
1. Havo-tomchi yoʻli bilan: Zombi virusi har qanday shaharda bioterrorchilar tomonidan havo tomchilari orqali sepilishi mumkin.
Bunday holatda, juda koʻp odamlarga bir zumda zombi virusi yuqadi, natijada esa ular bir necha daqiqa yoki soat ichida zombiga aylanishi mumkin.
Bunday holda, zombi virusining tarqalishini bostirish qiyin boʻladi. Havo orqali purkalgan zombi virusi oxir-oqibat konsentratsiyani xavfsiz darajaga tushiradi va xavf tugʻdirishni toʻxtatadi. Bu bir yoki bir necha soat ichida sodir boʻlishi mumkin.
2. Inyeksiya usuli bilan: Virus odamlarga inyeksiya qilish yoʻli bilan ham yuqadi. Buni bioterrorchilar yoki hukumat yangi biologik qurollarni sinab koʻrish uchun qilishi mumkin.
3. Suv va oziq-ovqat mahsulotlari bilan: Zombi virusi suvi orqali ham yuqishi mumkin. Bunda Zombi virusiga chalingan murdani suvga tushishi natijasida viruslarni suv oqimi orqali tarqalishi hamda shaharlarda suv taʼminoti orqali tarqalishi mumkin. Ifloslangan suvlardan olib oziq-ovqatlarni tayyorlashda foydalanilganda ham yuqish ehtimoli mavjud.
AQSHda kiyiklar orasida “zombi virus” tarqaldi
AQSHning Yellouston milliy bogʻidagi kiyiklar orasida “zombi virusi” kasalligining bir turi tarqala boshladi. Kasallangan kiyiklarning miya faoliyatida anormalliklar kuzatilgan, yaʼni hayvonlarda odamlardan qoʻrqish hissi butkul yoʻqolgan va ular istirohat bogʻida maqsadsiz kezib, soʻngra oʻlishgan. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, virus yuqumli, hozirda unga qarshi vaksina yoʻq va kasal hayvonni davolashning iloji yoʻq.
Shu bilan birga, olimlar virus turlararo toʻsiqni yengib oʻtishini istisno qilmaydi, shuning uchun ular uni odamlar uchun potensial xavfli deb tasniflashdi.
“Shu munosabat bilan mutaxassislar kiyik goʻshti isteʼmol qilmaslikni tavsiya qilmoqda”, deb yozdi Daily Mail nashri.
Zombi virusi Oʻzbekistonda uchrashi mumkinmi?
“Sanepidqoʻmita” Axborot xizmati bugungi kunda respublika aholisiga zombi virusi boʻyicha xavf-xatar mavjud emasligini maʼlum qildi.