Qidirish

09:24 / 2022-12-16 232 1 Maqolalar

Kadastrga oid savollarga javoblar: ovoragarchiliklarga qanday barham berish mumkin?

Aholida kadastr hujjatlari bilan bogʻliq koʻplab tushunmovchiliklar avval ham boʻlgan, hozir ham yuzaga kelmoqda.

world-news

Shu bois joylardagi kadastr idoralarida sunʼiy navbatlar, sarsongarchiliklar, ovora boʻlishlar kuzatilmoqda.

Ovoragarchilikning oldini olish mumkinmi?

Aholiga qanday qulayliklar yaratilgan?

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish kerakmi?

Yoʻqolgan kadastr hujjatini qayta tiklash mumkinmi?

Shu kabi savollarga javob topish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshligʻi Burxon Minasipov bilan suhbatlashdik.

– Fuqaro uy-joyiga kadastr hujjatini shakllantirish uchun qayerga murojaat qilishi kerak?

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun fuqarolar kadastr tashkilotiga kelishi talab etilmaydi, – deydi Burxon Minasipov.

– Ariza bilan davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari kifoya. Shuningdek, kadastr hujjati uchun interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn ariza berish ham mumkin.

Bugungi kunda kadastr agentligining oʻndan ortiq xizmatlaridan onlayn foydalanish imkoniyati bor. Yaʼni, qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, fuqarolar nomida shaxsiy turar joyi mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish, turar joyning maydoni boʻyicha maʼlumotnoma olish, respublika hududidagi koʻchmas mulk obyektida xatlov/taqiq mavjudligi haqida maʼlumot taqdim etish, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ariza yuborish, kadastr pasportini tayyorlash kabi masalalarda onlayn foydalanish mumkin.

– Yoʻqolgan kadastr pasportini tiklash tartibi qanday?

– Yoʻqolgan kadastr pasportini tiklash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan tartibga solinadi.

Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YAIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.

Ariza beruvchilar oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

Soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Kadastr (yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

– Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun toʻlovlarni toʻlashda kimlarga imtiyoz beriladi?

– Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun toʻlovlarni toʻlashda nogiron yoki nafaqaxoʻrlarga imtiyozlar Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori bilan tartibga solinadi.

I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizi miqdorida imtiyoz beriladi.

– Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni oʻz vaqtida rasmiylashtirmaslik salbiy oqibatlarga olib keladi...

– Ha, albatta. Bu uchun javobgarlik belgilangan. Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi. Tegishli huquq paydo boʻlgandan keyin 1 oy ichida koʻchmas mulk davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.

Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga murojaat qilinadi.

Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 million soʻm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4 million 500 ming soʻm) miqdorida jarima solishga sabab boʻladi, deydi Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi Burxon Minasipov.

Izohlar 1

Аннакулов Гайратжон
2022-Dec-16 12:52
Хонадон
Fikr bildirish