So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Oʻzbekiston olimalari uchun tarixiy natija: Guli Shayxova Koreyadagi xalqaro koʻrgazmada xalqaro ekspertlar tomonidan olqishlandi
Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan “Koreya xalqaro ixtirochi ayollar koʻrgazmasi” (KIWIE 2023) da ham 10 nafar oʻzbekistonlik olima ayollar ishtirok etdi. Eʼtiborlisi, ularning 7 nafari sovrindorlar qatoridan joy olgan.
Qayd etilishicha, ushbu koʻrgazma Koreya ixtirochi ayollari assotsiatsiyasi (KWIA), Koreya Intellektual mulk ofici (KIPO) va Xalqaro intellektual mulk tashkiloti tomonidan tashkil etilgan boʻlib, unda 40 dan ziyod davlatlardan 400 nafardan ortiq olima, ixtirochi va tadbirkor xotin-qizlar texnika, texnologiya, tibbiyot, oziq-ovqat, yengil sanoat, kimyo va sanoatning turli yoʻnalishlari boʻyicha oʻz ixtirolari hamda innovatsion ishlanmalari bilan qatnashishgan.
Oʻzbekiston delegatsiyasidagi olimalar ham turli sohalarda oʻz ishlarini namoyish qilishgan. Xususan, mamlakatimizdan borgan vakillar uchun ajratilgan maydonda eng koʻp xorijliklarni jalb eta olgan inson esa tibbiyot fanlari doktori, professor – Guli Shayxova.
U oʻz ilmiy ishlari bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi va bu Oʻzbekiston olima ayollari uchun tarixiy natija hisoblanadi.
Professor ayol qonni tozalash va inson tanasiga energiya bera olish xususiyatiga ega, immunitetni oshiruvchi, virusli va nafas olish kasalliklari bilan kurashishda faol yordam bera oladigan, qondagi qand miqdorini pasaytirishga koʻmaklashuvchi, erkak va ayollar bepushtligini davolashda hamda jigarni tozalashda faol ishtirok etuvchi, oshqozon-ichak trakti (ovqat hazm qilish tizimi) faoliyatini yaxshilaydigan mahsulotlarning taqdimotini oʻtkazganligi uchun xalqaro ekspertlar tomonidan olqishlangan.
Koreya, Tayvan, Eron, Pokiston, Hindiston kabi mamlakatlardan kelgan ishtirokchilarni ham qiziqtira olgan mahsulotlarning birinchisi: “Igneus”.
Olimaning aytishicha, faqatgina tabiiy giyohlarning aralashmasidan tashkil topgan bu mahsulotni muntazam ravishda isteʼmol qiladigan insonda barcha tana aʼzolari oʻzining maksimal darajadagi faolligini koʻrsatadi.
Bir necha oy davomida tinimsiz oʻtkazilgan ilmiy izlanishlar va sinovlar natijasida ushbu mahsulot giperkolesterolemiya, ishemiya, tromboz, koagulyatsiya, ateroskleroz va tomirlarning spazmi kabi yurak-qon tomir tizimining xavfli kasalliklarini oldini olishga yordam berishi isbotlangan.
Gastrit, oshqozon va oʻn ikki barmoqli ichak yarasi, fermentopotiya va buzilgan peristaltika kabi surunkali ovqat hazm qilish muammolari, shuningdek, hemoroid va kolit kabi surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlarda ham sinalgan Igneus, samarali natija bergan.
100 foiz tabiiy biologik tarkib, AMK, fermentlar, vitaminlar va minerallarga ega boʻlgan mahsulot tanani yoshartirishga ham yordam beradi.
Olima ayolning aytishicha, u bir necha marta ilmiy tekshiruvlar oʻtkazganidan keyingina, bemorlarda sinovdan oʻtkazib, haqiqatda foydali ekanligini aniqlangan “NUMA” kompaniyasining vitamin D3 mahsulotini ham Koreyaga olib borgan.
Xalqaro maydonda xorijlik fan olimlarini ham qiziqtira olgan bu tabiiy vosita immunitet tizimini ragʻbatlantiradi, saraton kasalligining oldini oladi. Suyak va boʻgʻimlarni mustahkamlaydi, energiyani oshiradi, osteoxondroz va artritga yordam beradi, tishlarni mustahkamlaydi, qonning kalsiy va fosforini soʻrilishini yaxshilaydi.
Tajriba uchun Covid-19 infeksiyasidan qolgan asoratlar, surunkali kasalliklardan aziyat chekadigan bemorlar tanlab olingan. 3 oylik doimiy qabuldan soʻng esa natijalar kutilganidan ham yuqori boʻlgani uchun xalqaro koʻrgazmaga aynan korxonaning mahsulotlari tanlangan.
Guli Shayxova va uning 10 ga yaqin shogirdlari olib borgan tadqiqotlarga koʻra, D3 vitaminini qabul qilgan insonlarda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish xolatlari sezilarli darajada kamaygan.
D3 oʻpka faoliyatining meʼyorlanishiga katta taʼsir koʻrsata olgan. Zaiflik, moʻrt suyaklar, tish muammolari, boʻshashish, tez-tez shamollash va boshqa kasalliklar bilan kurashishda ham muhim rol oʻynashi aniqlangan. Professor Guli Shayxovaning bildirishicha, u tavsiya etayotgan biologik qoʻshimchalar har qanday kasallikka davo boʻluvchi “moʻjizakor vosita”likka daʼvo qilmaydi.
Shunchaki, inson organizmidagi barcha aʼzolar bajarishi kerak boʻlgan vazifalarini toʻliq ado etishi hamda ularning mustahkamlanishini taʼminlaydi. Xalqaro maydonda tabiiy vositalarga boʻlgan ehtiyoj katta ekanligini yaxshi anglagan olima ayol boshqa foydali ilmiy izlanishlari bilan ham katta natijalarga erishgan.