So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Ulush sotish toʻgʻrisidagi shartnomalar notarial tasdiqlanmagan
Bugun soʻz yuritiladigan nizo bir jamiyatning taʼsischilari oʻrtasida qarib bir yildan beri choʻzilib kelyapti. Bu vaqt ichida esa taʼsischilardan biri sudlanishga qolganlar esa anchagina moddiy ziyonga kirishga ham ulgurishti.
Ikkala taʼsischilarining taʼkidlashlaricha Mchjning uchinchi ulushdori ularga ozmuncha tashvish keltirmagan. Xozirgi kunda jamiatning tasischisi Razakov X. X. tomonidan Buxoro viloyat sudining apellyatsiya instansiyasi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga aynan mchjning uchinchi mulkdori deb atalmish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Murodova S. S. (Jinoi Ishlar Boʻyicha Buxoro shahar sudining 07.09.2023-yildagi hukmidan norozi boʻlib apellyatsiya shikoyati yozgan.
Bundan tashqari Jamiyatning ikkala taʼsischisi yaʼni Razakov X.X va Qudratov N. A. tomonidan Buxoro tumanlararo iqtisodiy sudiga “ORIFXOʻJA STROY” mchjning ulushdorlik bitimni xaqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidv daʼvo ariza kiritishgan. Davogarlarnipng Buxoro viloyat sudining apellyatsiya instansiyasi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatiga topshirilgan apellyatsiya shikoyatiga keyinroq toʻxtalib oʻtamiz xozir esa iqtisodiy sudga kiritilgan davo arizaga toʻxtalamiz.
Iqtisodiy sudga kiritilgan daʼvo arizada asosan, “ORIFXOʻJA STROY” mchjning nizoli ulushdorligi xaqida gap ketadi. Undagi taʼsischilardan biri Murodova noqonuniy ulushdorlik bitimi bilan jamiatning uchinchi taʼsischisi boʻlib kirgan.
Aynan nega noqonuniy boʻlsada Murodovani jamiatning uchinchi ulushdori maqomi berilgani va xozir qolgan ulushdorlar uning ulushdorlik bitimini xaqiqiy emas deb topishlarini soʻrab sudga murojaat qilishyatgani sal tushunarsiz. Balki qandaydir bosim omtida boʻlishgandir.
Balki Murodova sayyor sudlardan birida ayonan shu mavzuga toʻhtalganda “men prokuraturaga yozaverganimdan soʻng bular majburlikdan taʼsischilar safiga qoʻyishti ” degan soʻzida ham nimadirlar bordir. Buyogʻi bizga qorongʻu. Biz faqat taʼsischilar orasidagi bitim xamda xujjatlarni koʻzdan kechirib oʻz fikrimizni bildiramiz xolos.
Xujjatlarni koʻzdan kechirar ekanmiz ORIFXOʻJA STROY” mchj aslida boshqa nom yaʼni “SHOXIJAXON TEKS PLYUS” bilan tashkil topgani va keyinchalig jamiyat ORIFXOʻJA STROY” maqomini olgan, shu davr mobaynida jamiyatning taʼsischilarida oʻzgarishlar boʻlganini koʻrdik.
“SHOXIJAXON TEKS PLYUS” masʼuliyati cheklangan jamiyati 2008-yil 27-oktyabr kuni Buxoro shaharida 732-sonli reyestr raqami bilan davlat roʻyxatidan oʻtgan boʻlib, keyinchalik jamiyatining nomi oʻzgaradi va “CENTILLION INVEST GROUP” MCHJ deb yuritiladi.
Yangi nom olgan mchjning taʼsischilar tarkibi bir necha bor oʻzgarib Buxoro shahar Davlat xizmatlari markazi tomonidan roʻyxatidan oʻtkaziladi.
2022-yil 07-noyabrda esa Buxoro shaxar Davlat xizmatlari markazi tomonidan mchj nomi “ORIFXOʻJA STROY” nomiga oʻzgartirilib 2008622chi sonli restr raqami bilan davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
“ORIFXOʻJA STROY” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischilarning taʼkitlashlaricha 2023-yil 12-maydagi 1-sonli navbatdan tashqari umumiy yigʻilish bayoni bilan jamiyatining taʼsischilar safiga yangi taʼsischi, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Murodova Surayyo Sadiyevna jamiyatning ulushini sotib olish sharti bilan qoʻshiladi.
Ammo fuqaro Murodova ulushni sotib olish toʻgʻrisidagi shartlarni bajarmasdan, MCHJning bankdagi hisob raqamiga oʻz nomidan tegishli pul mablagʻlarini kirim qilmaganligini, va tovar moddiy boyliklar yoxud naqd pul koʻrinishida ulush bilan jamiyatga, taʼsischi sifatida kirmaganligini taʼkidlashmoqda.
Jamiyatning taʼsischilari Razakov X.X hamda Kudratov N. A. tomonlaridan taqdim qilingan xujjatlarni koʻrip chiqar ekanmiz taʼsischilar X.Razakov va N.Qudratov MCHJga Murodovani biror-bir ulush kiritmagan boʻlsada, 3-taʼsischi sifatida notoʻgʻri qabul qilishadi .
Bunga asosiy sabab esa “ORIFXOʻJA STROY” MCHJning 2022-yil 7-noyabrdagi yangi tahrirdagi ustavining 8.1-bandida jamiyatning har qanday taʼsischisi jamiyat taʼsischilari safidan chiqish huquqiga ega. Bunday holatda taʼsischi ustav fondidagi oʻz ulushini qolgan taʼsischilarga, yoxud ularning roziligi boʻyicha uchinchi shaxslarga sotish yoki ularning foydasiga eʼtibor bering (notarial tasdiqlangan holda) voz kechish huquqiga ega ekanligi koʻrsatilgan.
MCHJning taʼsischisi Razakov X. H (sotuvchi) va Muradova S. S. oʻrtasida 2023-yil 12-may kuni 1 sonli MCHJ ustav fondidagi ulushini oldi sotdi shartnomasini yozma shaklda tuzganlar.
“ORIFXOʻJA STROY” MCHJning taʼsischisi Qudratov Nodir Abdulloyevich (sotuvchi) va Muradova S. S. oʻrtasida 2023-yil 12-may kuni 2-sonli “ORIFXOʻJA STROY” MCHJ ustav fondidagi ulushini oldi sotdi shartnomasini yana yozma shaklda tuzgan.
Mazkur ikkala ulush sotish toʻgʻrisidagi shartnomalar notarial tartibda tasdiqlanmagan.
Bundan tashqari taʼsischilarning sotilayotgan ulushlari baholovchi tashkilot tomonidan baholanmasdan sotilgan va ikkala taʼsischilar tomonidan ulushlarini sotishlari toʻgʻrisida bir birlariga imtiyozli ravishda sotish toʻgʻrisida xabar berishmagan va bir birlaridan rad javoblari ham olinmagan.
Biz ulushga doir qonunlarni ketma ket sanab oʻtsak ham boʻladi ammo jamiyatning nizomidagi ulushga doir bandlari va qonunchilikda koʻrsatilgan mulkga va xar xil turdagi shartnomalar tartibiga tayanadigon boʻlsak,
MCHJning taʼsischisi Razakov Xurshid Hasanovich (sotuvchi) va Muradova S. S. oʻrtasida 2023-yil 12-may kuni 1 sonli “ORIFXOʻJA STROY” MCHJ ustav fondidagi ulushini oldi sotdi shartnomasi va MCHJning taʼsischisi Qudratov N. A. (sotuvchi) va Muradova S. S. (xaridor) oʻrtasida 2023-yil 12-may kuni 2-sonli “ORIFXOʻJA STROY” MCHJ ustav fondidagi ulushini oldi sotdi shartnomasi bitimning qonun talab qiladigan shakliga rioya etmasdan tuzilgan va qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan holda ushbu ulushni oldi sotdi shartnomalarining haqiqiy emasligiga sabab boʻladi.