So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Oʻzbekiston boshqaruvidagi Afgʻoniston temir yoʻli qozoqlarga oʻtib ketdi
Oʻzbekiston ilgari yiliga 15 mln dollar evaziga Afgʻoniston temir yoʻllarining 22 km qismiga xizmat koʻrsatardi. Qozogʻiston esa 4,1 mln dollar evaziga 106 km temiryoʻliga xizmat qiladigan boʻldi.
Hayraton – Mozori-Sharif temir yoʻlini boshqarish boʻyicha shartnoma Qozogʻistonning Mansour Fatih nomli kompaniyasi bilan imzolandi. Kompaniya temir yoʻlning texnik masalalarini hal qiladi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston ilgari yiliga 15 mln dollar evaziga “Oʻzbekiston temir yoʻllari”ning shoʻba korxonasi boʻlgan “Sogdiana Trans” orqali Afgʻoniston temir yoʻllarining 22 km qismiga xizmat koʻrsatgan.
Yuqorida taʼkidlanganidek, 2023-yilning boshidan bu huquq Qozogʻistonning “Mansour Fatih” kompaniyasiga oʻtadi va qozogʻlar yiliga 4,1 dollar evaziga Afgʻonistonning jami 106 km temiryoʻliga xizmat qiladigan boʻldi.
“Biz bu kompaniyaga har yili 4,1 million dollar toʻlaymiz. Avvallari esa “Sogdiana Trans”ga 15 million dollar toʻlardik, Oʻzbekistonning bu kompaniyasi esa bizga atigi 22 kilometr, faqat Hayraton portida xizmat koʻrsatardi. Bu yangi kompaniya esa 106 kilometrga xizmat koʻrsatadi”, — dedi Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi rahbari vazifasini bajaruvchi Baxt Rahmon Sharafat.



