So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Bryus Li hayotiga nazar!
Bugun Kung-Fu qiroli hamda Gollivud filmlarida bosh rolni oʻynagan dastlabki osiyolik aktyor, shuningdek, bir qancha sport turlari ustasi Bryus Lining hayot yoʻliga toʻxtalamiz!
Bryus Li 27-noyabr 1940-yil San-Fransiskoda tugʻilgan, shunday boʻlsa-da u Gonkongda oʻsgan. Otasi opera qoʻshiqchisi va yarim kunlik aktyor boʻlganligi sababli, u koʻngilochar soha bilan erta tanishgan.
Kichkina Li bolaligidan filmlarda suratga tusha boshlagan va koʻpincha voyaga etmagan jinoyatchi yoki koʻcha bezorisi rolini oʻynagan. Oʻsmirlik chogʻida u mahalliy toʻdalar bilan shugʻullanib, oʻzini yaxshiroq himoya qilish uchun kung-funi oʻrgana boshlagan. Oʻsha paytda u raqs darslarini ham boshlagan, bu uning oyoq harakati va muvozanatini yanada yaxshilagan; 1958-yilda Li Gonkong “cha-cha” chempionligini qoʻlga kiritgan.
Bryusning ota-onasi uning koʻchadagi mushtlashuvi va politsiya bilan uchrashishidan bezor boʻlib, 18 yoshga toʻlganidan soʻng uni Qoʻshma Shtatlarga yashashga yuborishadi. U Sietlda oilasi doʻstlari bilan yashagan, u erda oʻrta maktabni tugatgan va falsafani oʻrgangan.
Sietlda u oʻzining birinchi jang sanʼati maktabini ochadi va 1964-yilda ikkinchi maktabni ochish uchun Kaliforniyaning Oklend shahriga koʻchib oʻtadi. Taxminan oʻsha paytda u oʻzining anʼanaviy jang sanʼati oʻrniga oʻrgatishni boshlagan qadimiy kung-fu, qilichbozlik, boks va falsafani oʻz ichiga olgan jitkundo texnikasini ishlab chiqadi. U Los-Anjelesdagi karate turnirida kung-fu boʻyicha namoyish oʻtkazganidan soʻng teleprodyuserning eʼtiborini tortdi va u “Yashil shox” (1966–67) teleserialida yordamchi Kato rolini oʻynaydi.
Bryus “Yashil shox” filmi bekor qilinganidan keyin aktyorlik ishini davom ettirishga qiynaldi va u Gollivud yulduzlariga, jumladan Stiv Makkuinga shaxsiy jitkundo darslarini oʻrgatib, pul ishlay boshladi. Shundan soʻng 1969-yilda esa “Marlou” filmida Bryus kikboksing va karate harakati orqali butun ofisni vayron qiladi. Oʻziga munosib rollarni topa olmaganidan qiynalib, 1971-yilda u yana Gonkongga qaytadi. U yerda Li butun Osiyo boʻylab rekord oʻrnatgan ikkita filmda rol oʻynadi va keyinchalik “Katta xoʻjayin” filmi bilan Qoʻshma Shtatlarda muvaffaqiyat qozondi.
Keyinchalik, Bryus Li oʻzining prodyuserlik kompaniyasini yaratadi va oʻzining navbatdagi “Ajdahoning qaytishi” filmini oʻzi yozgan, rejissyorlik qilgan hamda bosh rolda oʻynagan. Bryusning keyingi filmi “Ajdahoga kirish” (1973) Gonkong va AQSHda joylashgan prodyuserlik kompaniyalari oʻrtasidagi birinchi qoʻshma hamkorlik boʻlib, butun dunyo boʻylab xit boʻlib, Bruys Lini xalqaro kino yulduzi darajasiga olib chiqadi.
Achinarlisi shundaki, u filmning Gonkongda chiqishidan olti kun oldin 1973-yilning 20-iyulida vafot etadi. Uning sirli oʻlimi haqida muxlislar va tarixchilar haligacha oʻz taxminlarini bildirishadi. Ammo oʻlim sababi rasman bosh ogʻrigʻi dori-darmonlariga allergik reaksiya tufayli miya shishishi sifatida qayd etilgan. Oʻsha paytda Bryus Li “Oʻlim oʻyini” deb nomlangan film ustida ishlayotgan boʻlgan.
Bryus Lining oʻlimidan soʻng, uning filmlari koʻplab muxlislarning eʼtiboriga tushadi. Uning oʻzi esa 20-asrning eng yirik pop-madaniyati namunalaridan biriga aylanadi va koʻpchilik uni osiyoliklarning Amerika filmlarida namoyish qilish uslubini oʻzgartirgan shaxs deb hisoblashadi.
Uning oʻlimidan soʻng, hayotiga bagʻishlanib “Ajdaho: Bryus Li hikoyasi” (1993) nomli serial ham suratga olindi. Shundan soʻng esa bir achinarli holat yuz berdi. Yaʼni, uning oʻgʻli Brendon otasining izidan borib, aktyorlik faoliyatini boshlagan edi. Afsuski, yosh Brendon “Qargʻa” (1994) filmini suratga olish paytida notoʻgʻri oʻqlangan quroldan oʻqqa tutilib, vafot etadi.
Hozirgi kunga kelib uning farzandlaridan faqatgina qizi Shennon Li yashab kelmoqda. U ham otasiga singari bir qancha filmlarda suratga tushmoqda va hozirgacha aktrisa sifatida faoliyat olib bormoqda.
Behruzbek Shoimqulov tayyorladi