So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Toshkentdagi Osiyo chempionatida oʻzbekistonlik yoshlar tengsiz deb topildi
Toshkent katta nufuzga ega boʻlgan shaxmat boʻyicha maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi XVII Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi.

2023-yil 14-20-iyul kunlari Toshkent katta nufuzga ega boʻlgan shaxmat boʻyicha maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi XVII Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Chempionatda qitʼaning 16 ta mamlakatidan 400 nafar iqtidorli salohiyat egalari rapid, standart va blist yoʻnalishlarida gʻoliblik uchun dona surishdi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bosh homiyligi ostida oʻtgan musobaqa yosh shaxmatchilar uchun haqiqiy mahorat maktabi va tajriba almashish, shuningdek oʻz imkoniyatlarini jiddiy nazorat qilish uchun zamin yaratdi. 20 dan ortiq xalqaro toifadagi arbitrlar har bir partiyani diqqat bilan koʻzdan kechirib borishdi. Oʻz yosh toifalarida koʻplab Oʻzbekistonlik oʻquvchilar turli probali medallarga ega chiqdi. Xalqaro shaxmat bayramida jami 108 ta medallar jamlanmasi oʻz egalariga topshirildi.
Qitʼada yetakchilar qatorida borayotgan Hindiston, Moʻgʻuliston va Oʻzbekiston vakillari bu safar ham oʻz oʻrinlarini saqlab qolishning uddasidan chiqdi va jami medallar soni boʻyicha Oʻzbekiston jamoasi 12 ta oltin, 9 ta kumush va 16 ta bronza medali bilan shohsupaning yuqori pogʻonasiga joylashgan boʻlsa, 8 ta oltin, 5 ta kumush va 3 bronza medali bilan Moʻgʻuliston jamoasi ikkinchi, shuningdek 7 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan Hindiston jamoasi kuchli uchlikdan joy oldi.
Chempionatning tantanali yopilish marosimi ham oʻzgacha bayram shukuhida oʻtdi, chunki aynan 20-iyul – Xalqaro shaxmat kuni. Eʼtiborlisi, ushbu bayram 1966-yildan beri shaxmat kuni sifatida eʼtirof etiladi. Tadbir davomida musobaqani tashkil etishda yordam bergan mutasaddilarga federatsiya tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Rapid yoʻnalishida tezkor shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasida Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan Umida Omonova oʻz yosh toifasida qitʼa chempioni boʻldi, shuningdek bu yoʻnalishda Nilufar Imomqoʻziyeva, Malika Norqulova, Eʼzozbek Maxmudovga oltin medallar topshirildi. Blits yoʻnalishida ham Umida Omonovaga teng keladigan raqiba topilmadi. Zilola Aktamova, Malika Jumayeva, Dilnoza Nurillayeva, Lazizbek Shavkatov, Malika Norqulovalar yuqori probali medal sohibi boʻldilar.
Klassik yoʻnalishda esa Guldona Karimova, Asrorjon Omonovlar shohsupaning yuqori pogʻonasidan joy oldi.
Shuni taʼkidlab oʻtish joizki, bu safargi Osiyo chempionatida turnir hamkorlaridan biri ID chezz kompaniyasi tomonidan har bir oʻyinning jonli namoyish etilishi aldovlarni, oʻyin qoidasi buzilishlarini aniqlab berdi va har bir turnir shaffof oʻtishini taʼminladi. Shunday qilib, hayajonlarga boy boʻlgan maktab oʻquvchilari oʻrtasidagi Osiyo chempionati ham yakuniga yetdi. Endi yosh shaxmatchilar kelgusi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik koʻrishadi.



