So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Nafaqat fuqarolar, balki davlat xizmatchilari ichib mashina boshqaradi: Samarqand bu statistikada lider boʻlmasligi kerak...
Agar biz spirtli ichimlik ichib mashina haydaydiganlarni maksimal darajada aniqlamasak kim aniqlasin?! Yaqinlarimizni mast holda urib ketishlari, dahshatli “avariya”lar qilishini oldini biz olmasak, kim olsin?!
Samarqand “ichib rulga oʻtiradigan”larga chek qoʻyish boʻyicha namuna boʻla oladimi?
Samarqandda mast holda “rulga oʻtiradigan”lar koʻp? “Ichvolib rulga oʻtiradigan”lar orasida Samarqand viloyati “lider” mazmunidagi xabarlar tarmoq faollari orasida muhokama qilinmoqda.

Bu borada Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi Jahongir Saʼdullayev fikrlarini bildirdi.

Toʻgʻri statistikada bu fakt. Biroq ikkinchi jihati ham bor...
Birinchidan, Respublikada avtomashinalar soniga koʻra, aholi soni eng koʻp hudud — Samarqand. Poytaxtdan keyin ikkinchi oʻrinda. Biroq bu asosiy va muhim omil emas.
Ikkinchidan, Samarqandda har kuni mast haydovchilarni aniqlash boʻyicha shiddatli reydlar boʻladi. Boshqarma boshligʻi Rahmatjon Toshnazarovich topshirigʻiga asosan YHXB mast haydovchilarni aniqlash boʻyicha qattiq ishlaydi.
Uchinchidan, Samarqand chorrahadagi sivilizatsiya markazi. Koʻpchilik dam olishga kelib, tunning ikkinchi yarmigacha oʻtirib, spirtli ichimliklar ichib, afsuski boshqaruvga oʻtiradi.
Yana bir jihat, ayrim fuqarolarda masʼuliyat va javobgarlik hissini pastligi. Nafaqat oddiy fuqarolar, balkim davlat idoralari xizmatchilari ham.
Bunda albatta IIB xodimlarini ham aybi bor deb hisoblayman. Ichib tushganga umuman engillik berish kerakmas. Targʻibot va bu boradagi profilaktikani kuchaytirishimiz kerak. Haydovchini ichib “rulga oʻtirish”ga vijdoni va qoʻrquvi yoʻl qoʻymasligigacha ishlashimiz kerak. OAV dan kengroq foydalanishimiz lozim.
Nima boʻlganda ham, inson hayoti muqaddas. Spirtli ichimlik ichib mashina haydaganlar yanada koʻproq aniqlanib, yanada ayovsiz jazolanishi kerak. Toki, bu qilmishni boshqa takrorlashga jazm qilishmasin.
Samarqand viloyat IIB matbuot kotibi J.S