So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Boysunda bank tadbirkorni botqoqqa botiryaptimi?! Yoxud “Ipoteka” banking Surxoncha nayranglari
Boysunda bogʻ yaratmoqchi boʻlgan tadbirkor mana ikkinchi yildirki bankdan kredit ololmayapti.
Gap shundaki, “Boysun anorlari” MCHJ rahbari Olim Saidov Sayrob massivi Chilonzor qishlogʻidagi yoʻl boʻyidan 2021-yilning 29-aprelida 23 gektar yerda anorzor barpo qilish uchun hokim qarorini oladi.

“Yaxshi niyatlarda ish boshlab, 200-300 millionlik ishlarni bajardim. Notekis joylarni epaqaga keltirish uchun ikki oydan ziyod vaqt mobaynida besh oltita texnika va yigirma nafar odamni tinimsiz ishlatishimizga toʻgʻri keldi.
Bu katta ishlar bankdan kredit olishni taqozo etdi. Men oʻyladimki banklar tadbirkorning haqiqiy koʻmakchisi boʻlsa kerak deb.
Afsuski, bankdan kredit olish men uylaganchalik oson ish emas ekan. Hamma hujjatim joyida, respublika kredit berishga rozilik bergan,taʼminotga banking eʼtirozi boʻlmasa nega kredit chiqarishni bunchalik choʻzishadi hayronman.
So'rayotgan qarz summasi ham katta emas 800 million soʻm. Eng odamga alam qiladigani endi kredit chiqib qolar deb turganimda bir ikkita xatosi bor ekan shuni toʻgʻrilab keyingi oy keling deydi. Bank xodimlarining aytgan kamchiliklarini toʻgʻrilab kelsam, toʻrtta kamchilik topib shularni toʻgʻrilab keling deydi.

Xullas, atigi ikkita kamchilikdan boshlangan xatolar har oyda ikki baravarga koʻpayib 7 oy da yigirmaga yaqinlashdi. Baraka topgur shu kamchiliklarini nega boshida biratoʻlasi ayta qolishmaydi.
Yo Boysundan Termizga haftaning besh kunida 150 km bosib sarson boʻlishimdan “Ipoteka” ATIB banking Termiz filialidagilar maza qilishadimikan? Birontasiga yomon gapirmagan boʻlsam. Qizigʻi ular xam menga yomon gapirmaydi.
Faqat uni toʻgʻrilab keling, ertan keling-indin keling. Undan koʻra dangal aytinglar kredit bermaymiz deb. Mening hasratlarimni Respublika banklari rahbariyati va boshqa mutasaddilarga yetkazing iltimos”, — deydi tadbirkor.
Ishonamizki, bizdan yordam soʻragan tadbirkorni dardini tinglaydigan va nega kredit berilishi kechikayotganini tushuntirib beradigan masʼullar bor deb, umid qilamiz.