So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
O‘zbekistonlik yosh xokkeychilar Osiyo va Okeaniya chempioniga aylandi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yoshlari ketma-ket to‘rtinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, Osiyo va Okeaniya chempioniga aylandi. Bu haqda O‘zXokkey federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kecha, 15 mart kuni O‘zbekiston terma jamoasi Tailand terma jamoasiga qarshi muz maydoniga chiqib, yana bir bor g‘alaba qozongan. Uchrashuv 10: 2 hisobda yakunlangan.
Bahsda Jasurbek Rustamxonov yana bir bor pokerni, Temur Bagautdinov dublni, Muhammaddiyor G‘aniev, Said-Ahmad Rahmatullaev, Loren Petrosyan va Muhammadali Bahodirovlar darvozaga shaybani kiritgan.

Ta’kidlanishicha, ertaga, 17 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:00da terma jamoamiz Osiyo va Okeaniya chempionatlari doirasidagi so‘nggi beshinchi uchrashuvini o‘tkazadi.
Mag‘lubiyatga uchragan taqdirda ham O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha raqiblaridan yuqoriroq bo‘lgani uchun turnir g‘olibiga aylanadi.