Qidirish

16:34 / 2023-03-10 247 0 Maqolalar

Mansab qadri emas, inson qadri…

Oʻzbekistonda Konstitutsiyasiga oid referendum 30-aprel kuni oʻtkaziladi. Eʼtibor bering, 30-aprel kuni Konstitutsiyasiga oid referendum boʻlib oʻtadi. Yangi Konstitutsiya eskisidan farqli ravishda xalqchil boʻlishi kutilmoqda.

Bugun, 10-mart kuni deputatlar tomonidan qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasida ham aynan shu jihatlarga eʼtibor qaratilgan.

Deputatlar bugun Qonunchilik palatasida boʻlib oʻtgan yigʻilishda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi boʻyicha referendum sanasini 2023-yil 30-aprel deb belgilash hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining referendumni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudining xulosasini olish toʻgʻrisidagi masalani qoʻllab-quvvatladi.

Taʼkidlash kerakki, umumxalq muhokamalarida Yangi konstitutsiya oʻzgarishiga oid 220 mingdan ziyod takliflar kelib tushganligi, va bu takliflarning har toʻrttasidan bittasi loyihadan joy olganini alohida koʻrsatib oʻtish mumkin. Shu maʼnoda yangilanayotgan Konstitutsiya tom maʼnoda xalq Konstitutsiyasi boʻlishiga ishonch ortadi.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshadi, Konstitutsiyaning amaldagi 275 ta normasi 434 taga koʻpaymoqda, yaʼni amaldagi Konstitutsiya 65 foizga yangilanadi.

Eʼtiborlisi, Yangi Konstitutsiyasida Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari 5 tadan 12 taga, Senatniki esa 14 tadan 18 taga koʻpaytiriladi.

Yana bir holat shuki, Yangi Konstitutsiyaga oʻqituvchilarni ijtimoiy himoyasini nazarda tutuvchi alohida modda kiritilgan. Biroq, sudlarning davlat byudjetidan moliyalashtirilishi esa normal holat sifatida qabul qilindi. Bu ularning holislik prinsiplaridan chetga chiqishlarini emas aksincha professional ishlashlariga turtki boʻlishi aytildi.

Izohlar 0

Fikr bildirish