So`ngi yangiliklar
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
V Xalqaro Toshkent marafoni va Oʻzbekistonning 14 ta shahrida bir vaqtda Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtadi
Marafonning yugurish trassasi AIMC Xalqaro marafonlar va yugurishlar assotsiatsiyasi tomonidan sertifikatlangan.
“Oʻzbekneftgaz” AJ anjumanlar zalida, 12-mart kuni bahor ayyomi Navroʻzni nishonlash munosabati bilan V Xalqaro Toshkent marafoni va Oʻzbekistonning 14 ta shahrida bir vaqtda Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasini oʻtkazishga bagʻishlangan press-anjuman boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasiOliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” AJ va Oʻzbekiston Respublikasi Yengil atletika federatsiyasi vakillari ishtirok etdi.
Press-anjumanda taʼkidlanishicha, V Xalqaro Toshkent marafonida 5500 ta ishtirokchi qatnashib, ular toʻrtta masofaning birida oʻz kuchlarini sinab koʻrishi mumkin boʻladi — 42 km 195 m, 21 km 97,5 m, 10 km va 3 km. Marafon World Athletics musobaqalar kalendariga kiritilgan va WA qatʼiy reglamentiga muvofiq holda oʻtkaziladi.
Marafonning yugurish trassasi AIMC Xalqaro marafonlar va yugurishlar assotsiatsiyasi tomonidan sertifikatlangan.
Bunga Yoshlar siyosati va sport vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Yengil atletika federatsiyasi bilan birgalikda amalga oshirgan faol ishlari natijasida erishildi.
International Tashkent Marathon hududdagi eng ahamiyatli xalqaro sport musobaqalaridan biri hisoblanib, professional sportchilarga, normativlarni bajargan taqdirda, 2024-yilda Parijda boʻlib oʻtadigan Olimpiya oʻyinlariga litsenziyalarni qoʻlga kiritish imkoniyatini beradi.
Bugungi kunda 22 ta xorijiy davlatdan sportchilar va yugurish havaskorlari marafonda ishtirok etish uchun arizalarini topshirdi. Tashkilotchilarning taʼkidlashicha, eco-friendly tamoyillarini qoʻllab-quvvatlash ushbu keng koʻlamli tadbirga tayyorgarlik koʻrishning asosiy qismlaridan biriga aylandi.
Shunday qilib, masalan, ishtirokchilarning kiyimi yuqori sifatli ikkilamchi xomashyo asosida ishlab chiqilgan, “Oʻzavtosanoat” AJ esa shahar muhitiga qoʻshimcha ogʻirlik tushishini qisqartitish gʻoyasini qoʻllab-quvvatladi va tashkiliy qoʻmitaga BYD test elektromobillari taqdim etildi.
Anjuman davomida shuningdek mamlakatning 14 ta shahrida Yangi Nafas bir vaqtda ommaviy yugurish musobaqasini oʻtkazilishi muhokama qilindi.
Marafon doirasida Andijon, Namangan, Fargʻona, Chirchiq, Navoiy, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Urganch, Nukus, Toshkent, Qorovulbozor va Gʻuzorning markaziy koʻchalari boʻylab 3 km masofaga ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtadi.
Bugungi kunda ommaviy yugurish musobaqasida ishtirok etish uchun 75 mingdan ortiq arizalar topshirildi. Oliy taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar vazirligining vakillari taʼkidlaganidek, bu yili mamlakatning 57 ta oliy taʼlim vazirligidan 25 mingdan ortiq talabalar ishtirok etishi mumkin.
11-mart kuni, V Xalqaro Toshkent marafoni arafasida, “Paxtakor” stadionida Kids Run bolalar ommaviy yugurish musobaqasi va skandinavcha yurish musobaqalari oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, unda faol turmush tarzini qoʻllab-quvvatlaydigan ikkita avlod birlashadi.
Yengil atletika federatsiyasi raisining oʻrinbosari Andrey Abduvaliyev jurnalistlarga Oʻzbekistondagi ilk yuguruvchilar uchun YUGUR mobil ilovasi haqida gapirib berdi.
Ushbu ilova milliy maʼlumotlar bazasini tashkil qilib, bu yerda har bir roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchi shaxsiy kabinetda oʻzining yugurish va yurish boʻyicha jismoniy faolligi haqida shaxsiy maʼlumotlarini saqlashi mumkin boʻladi. Ilovada sport natijalari asosida roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilarning umumiy reytingi joriy etiladi.
Shuningdek, yugurish havaskorlari ilova vositasida yirik sport musobaqalarida roʻyxatdan oʻtish va transponder tizimidan foydalangan holda, ommaviy yugurish musobaqasining natijalarini operativ ravishda shaxsiy kabinetda koʻrish imkoniyatiga ega boʻladi.
“Aholi orasida ommaviy sportni ommalashtirish maqsadida 2019-yildan boshlab Oʻzbekiston hududlari boʻylab ommaviy yugurish musobaqalari tashkil etilmoqda.
Biz mingta ishtirokchidan boshlagan edik va 2022-yilga yuz mingta yuguruvchilar soniga erishdik. Ushbu natijani mustahkamlash uchun, barcha foydalanishi mumkin boʻlgan YUGUR zamonaviy mobil ilovasini joriy etish qaror qilindi.
YUGUR ilovasi hududlarda yuguruvchilar jamiyatini shakllantirish uchun yaxshi platforma boʻlib xizmat qiladi, yugurish havaskorlariga oʻz natijalarini professional ravishda kuzatib borish va koʻrsatkichlarini yaxshilash, kross bilan shugʻullanishni endi boshlaganlar uchun sportga boʻlgan qiziqishni yoʻqotmaslik imkoniyatini beradi”, - deb taʼkidladi Andrey Abduvaliyev.
Yengil atletika federatsiyasining
Matbuot xizmati