So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Ajal changalidan omon chiqqanlar yohud Turkiyadagi oʻzbeklarning ahvoli qanday?
Turkiyadagi dahshatli zilzilar qurbonlar soni 45 mingdan oshdi, jabrlanganlar soni esa 122 ming kishiga yetgan.
Turkiyadagi dahshatli zilzilar qurbonlar soni 45 mingdan oshdi, jabrlanganlar soni esa 122 ming kishiga yetgan. Effect.uzʻning Turkiyadagi muxbiri Farrux Abrorkulov zilziladan jabr koʻrgan, Hatay viloyatining Ovakent qishlogʻiga bordi.
Ovakent yoki mahalliy til bilan aytganda “oʻzbeklar qishlogʻi”da 10 mingdan ortiq etnik oʻzbeklar va 5 mingdan ziyod boshqa mamlakatlar aholisi istiqomat qiladi. Oʻzbeklar bu yerga asosan Surxondaryo, Buxoro hamda Samarqand viloyatlaridan koʻchib kelishgan.
Afsuski, boshqa hududlar kabi, ushbu qishloq aholisi ham tabiiy ofatdan zarar koʻrdi (83 kishi vafot etdi), koʻplab odamlar jabrlandi, aholining 99 foizi koʻchada qolgan...
6-fevral kuni boʻlib oʻtgan 7,4 balli zilziladan soʻng, qishloqda vaqti-vaqti bilan yer silkinishi boʻlib turibdi. Xususan muxbirimiz ham ketma-ket zilzilarga guvoh boʻlgan.
Qishloqning dardiga darmon boʻlish maqsadida, Oʻzbekistondan, Oʻzbekistonning Istanbuldagi konsulxonasi, bir nechta xalqaro tashkilotlar va blogerlar tomonidan zaruriy buyumlar bilan taʼminlandi.
Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi tibbiy guruh otryadi va Istanbuldan kelgan psixologlar tomonidan jabrlanganlarga zaruriy yordamlar koʻrsatib kelinmoqda. Ammo ularning ahvoli ogʻirligicha qolmoqda...
Ovakent qishlogʻi raisi Effect.uzʻga bergan intervyusida oʻzbekistonliklardan minnatdor ekanligini maʼlum qildi.

“Zilzila boʻlgandan keyin bizga koʻmak berganlarga minnatdorchilik bildiraman. Oʻzbekistonlik jigarlarimizdan Alloh rozi boʻlsin, ularning bayrogʻi doimo baland boʻlsin.
Bizga koʻmak berish maqsadida qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlarini joʻnatgan Mirziyoyevga rahmat. Bizga oxirigacha yordam bergan qutqaruvchi va tibbiyot xodimlarining esa ota-onasiga rahmat”, — deydi qishloq raisi.