So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Termizda 100 tup manzarali daraxtlar kesib tashlangan. “Qoʻporish operatsiya”si ekologlar boshligʻining buyrugʻi bilan amalga oshirilgan boʻlishi mumkin
Xalqimizda “qingʻir ishning qiyigʻi qirq yilda ham chiqadi” degan maqol bor, agarda ushbu voqea tasdigʻini topsa, aybdorlar munosib jazolanishi shart!
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 100 tup manzarali daraxtlar kesib tashlangani aytilmoqda. Bu haqda Effect.uzʻga anonim murojaatchi maʼlum qildi.
Taqdim etilgan faktlarga koʻra, Surxondaryo viloyati Termiz davlat universitetining gʻarbiy darvozasi (“Xalq banki” ATB roʻparasidagi kirish darvoza qismi — tahr) hududida taxminan 100 tup daraxtlar boʻlgan.
Biroq Tabiat resurslari vazirligining Surxondaryo viloyati boshqarma boshligʻi Roʻzigul Safarova buyrugʻi bilan ekspertiza xulosasiz va ruxsatnoma olinmasdan, tungi vaqtda yashirincha kesib tashlangan. Ushbu holat aynan moratoriy eʼlon qilinib, koʻchat ekish vaqtlarida, yaʼni 2022-yilda amalga oshirilgan.
(Foto. Google maps orqali olingan surat)
Guvohlarning aytishiga qaraganda, daraxtlarni “qoʻporish operatsiyasi”da boshqarma boshligʻining oʻrinbosarlari Bahrom Soatmurodov hamda Husniddin Aralovlar ishtirok etgan.
(Foto. Qurilish bo'lmasidan oldingi holat)
(Foto. Qurilish bo'lmasidan oldingi holat)
(Foto. Qurilish jarayonidan olingan surat)
(Foto. Qurilish jarayonidan olingan surat)
(Foto. Qurilish jarayonidan olingan surat)
(Foto. Qurilish jarayonidan olingan surat)
(Foto. Qurilish jarayonidan olingan surat)
“Shaharda tungi vaqtlarda daraxt kesish holatlari koʻp uchramoqda, tabiatga yetkazilgan zararlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Tabiat resurslar vaziri Aziz Abduhakimovga yetkazinglar”, — deydi murojaatchi.
Qayd etish kerakki, joriy yilning 20-fevral kuni Surxondaryo viloyatining ikki tumani — Termiz va Bandixonda daraxtlar “qatl” etildi.
Xususan, Termiz tumanida Obodonlashtirish boshqarmasi istirohat bogʻidagi 1 tup daraxtni kesib, oʻsimlik dunyosiga qariyb 5 mln soʻm zarar yetgazgani uchun boshqarma bosh muhandisi 3 mln soʻm jarimaga tortilgan boʻlsa, yana bir fuqaro saksovul kesib, oʻsimlik dunyosiga 3,1 mln soʻm zarar yetkazgan.
Tan olish kerak, oxirgi vaqtlarda pudratchilar tomonidan tabiatga juda koʻp miqdorda zarar yetkazilmoqda, ularning qoʻlga tushgani jazolanyapti, qolgani esa imi-jimida bosti-bosti boʻlib ketyapti.
Umid qilamizki, murojaatchimiz tomonidan taqdim etilgan faktlarni masʼullar toʻgʻri qabul qilib, mazkur hududda oʻrganish ishlari olib borishsa maqsadga muvofiq boʻlar edi. Zero bizning maqsadimiz birovning yuziga “loy chaplash” emas, balki muammolarni boricha yoritish.