So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
“Onang jinni!!! Sen sharmandasan” — Bekobodda oʻquvchi qiz oʻqituvchining doimiy bosimlari ortidan oʻz joniga qasd qilishga urundi
Maktab oʻquvchisi bir marotaba oʻz joniga qasd qilishga uringan, biroq tirik qolgan. Afsuski ushbu holatni birorta yuqori turuvchi tashkilot oʻrganmagan.
Bekobod shahar 5-sonli maktab oʻqituvchisi D.B 8-sinf oʻquvchisiga doimiy ravishda bosim oʻtkazgani tufayli, oʻquvchi oʻz joniga qasd qilishga uringan. Bu haqda oʻquvchining onasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaga qilgan murojaatida maʼlum qildi.
Oʻzbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati keltirgan maʼlumotlarga koʻra, D.B tomonidan oʻquvchilarni ijtimoiy holatiga qarab ayricha munosabat qilish, kambagʻal oila bolalariga ruhiy va jismoniy bosim oʻtkazishi, maktab kollektivi orasida guruhbozlik vujudga keltirib, eʼtiroz bildirgan kishilarga nisbatan turli usullar bilan tahdidlar qilishi aytilgan.
“D.B bilan uchrashganimda ular menga “mening orqamda 50 ta ota-ona bor, bu maktabda men emas, seni bolang oʻqimaydi. Seni bu maktabdan ketkazaman. Ota-onalar yigʻilishiga kel, seni bolangni sharmandalarcha haydayman” deb, menga aytdilar.
Shundan soʻng, XTB va prokuraturaga borib, boʻlgan voqeani tushuntirdim. Ular men bilan birgalikda yigʻilishga borishlarini aytishdi. Qizim maktabdan tushkun ahvolda kelib, tinmay yigʻladi.
Men undan nima boʻldi deb soʻradim, u “Siz ketganingizdan keyin har darsda kirib, D.B kurakda turmaydigan soʻzlar bilan haqorat qilib, chiqib ketdi. Men bu gaplardan keyin qanday maktabga boraman? Ota-onang jinni yoki nogiron boʻlsa, biz aybdor emasmiz.
Bu maktabda sen ham oʻqiyapsan, yigʻinlarga pul berolmasa biz aybdor emasmiz. Hamma beryapti, bitta seni onang bermaydi. Oʻzingni ham tarbiyang yoʻq, yigitlaring bor, sen sharmandasan” deb haqorat qilganini aytdi”, — deydi oʻquvchi qizning onasi.
Eng yomoni ona qizi koʻp miqdorda dori ichib, oʻz joniga qasd qilishgan uringanini, bundan tashqari uksus ichib turgan vaqtida qaytarib qolinganini maʼlum qilgan.
Jabrdiyda qizning onasi ushbu murojaatga Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovadan eʼtibor qaratishini soʻradi.