So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Oʻzbekistongacha 5218 km: Malayziyada “Oʻzbekiston” turistik yoʻnalishi koʻrsatkichi oʻrnatildi
Malayziyaning Perlis shtatidagi “Wang Kelian” tepaligida “Oʻzbekiston” turistik yoʻnalishi koʻrsatkichi oʻrnatildi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Nepal, Bruney, Kanada va boshqa davlat koʻrsatkichlari bilan bir qatorda oʻrnatilgan Oʻzbekiston koʻrsatkichiga “Wang Kelian” tepaligidan yurtimizgacha boʻlgan masofa 5,218 km ekanligi qayd etilgan.
Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlik izchil davom ettirilmoqda. Xususan, 2022-yilda Malayziyaga tashrif davomida ikki mamlakat oʻrtasida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish, sayyohlar oqimini koʻpaytirish uchun mamlakatlar oʻrtasida muntazam toʻgʻridan-toʻgʻri havo qatnovini yoʻlga qoʻyish va narxlarni muqobillashtirish masalasi ilgari surilgan edi.
Qolaversa, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov va Malayziyaning turizm, sanʼat va madaniyat vaziri Nansi Shukri oʻrtasidagi uchrashuvda Malayziyadan doimiy ravishda ziyoratchilar safarini tashkillashtirish borasida kelishib olingan edi.
Bundan tashqari, Malayziya bilan nafaqat turistlar oqimi, balki ziyorat turizmi sohasidagi malakali mutaxassislar safini kengaytirish borasida ham hamkorlikka kelishilgan.

Maʼlumot oʻrnida, “Wang Kelian” dengiz sathidan 304 metr balandlikda joylashgan boʻlib, ushbu sayyohlik markazi bevosita tropik oʻrmon manzarasiga tutashgan.
