So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Sud qachon adolatli boʻladi?
“Adolat va odil sud boʻlmagan sharoitda davlat qaroqchilar toʻdasiga aylanadi”. Avgustin Avreliy
Sud aybsiz kishini javobgarlikka tortgani qanchalik adolatsizlik boʻlsa, jinoyatchini jazodan ozod qilishi ikki karra adolatsizlikdir. Chunki haqli jazodan qutulib qolgan shaxs yana jinoyat sodir etishi, jamiyat va davlat manfaatlariga katta ziyon yetkazishi mumkin.
Oʻtgan haftada jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro shahar sudining hukmi bilan muqaddam 9,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan shaxs apellyatsiya sudida butkul oqlandi. Yuqori instansiya sudi uning jinoiy qilmishlariga butunlay koʻz yumdi. Holbuki, men sud jarayonlarida sudyalarning noxolisligi, jinoyatchini oqlash ustida ish olib borayotgani xususida yuqori idoralarga murojaat qilgandim.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Sudyalar Oliy kengashidan bu borada javoblar oldim. Jabrlanuvchilarni tinchlantirdim, mamlakatda sud tizimining bosqichma-bosqich isloh qilinayotgani xususida aytib, ularga tasalli berdim. Afsuski, jabrlanuvchilar sud hayʼati sotilganligi haqidagi gumonlarida haq boʻlib chiqdi.
Kuni kecha jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining apellatsiya hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan 240 tomlik shov-shuvli ish materiallarini yuqori bosqichda koʻrib chiqdi va tergov organi tomonidan ayblangan shaxslarni oqlash haqida qarorni kuchda qoldirdi.
Mazkur ishda jabrlanuvchilar qariyb 257 milliard soʻmlik zarar koʻrgan, jinoyat ishi doirasida 20 ga yaqin shaxs hisbga olingandi. Tergovlardan qochgan shaxslarning bir qismi xorijga qochgan, ayrimlari boshqa tuman sudlarining qora kursisida oʻtiribdi.
“MEGATEK”, “GRAND RAVON OIL” singari avtomobil moyi importchilariga tegishli shirkatlar doirasidagi mazkur ish boʻyicha ommaviy axborot vositalarida koʻp materiallar eʼlon qilindi. Biroq shunga qaramay, Olmazor sudining atigi 2 yillik ish stajiga ega sudyasi Bosh prokuratura tomonidan tasdiqlangan ayblov xulosasini yoʻqqa chiqardi.
Aslida ham sudlanuvchilar aybsizmi? Jinoyat ishi doirasida qamoqqa olingan shaxslar beaybmi? 240 tomlik jinoyat ishi uydirmami?
Afsuski, odil sud boʻlmagan mamlakatda buni bila olmaymiz. Ehtimol, xuddi jadidlar ishi singari bu ishlar ham yillar oʻtib qayta koʻrilar, ammo anigʻi shuki, menda tizimga butkul ishonch qolmadi.
Muallifdan qoʻshimcha: Buxoro viloyati sudlarida soʻnggi bir yilda Oliy sud raisining oʻrinbosarilaridan biri, Bosh prokurorning oʻrinbosari va taniqli advokat ishtirokida 52 ta jinoyat ishlari boʻyicha “kelishilgan” oqlovlar boʻlganiga oid materillar qoʻlimga tushdi. Mazkur ishlar boʻyicha surishtiruvlar olib bormoqdaman.
Hozircha bu xildagi jinoyat ishlarining 9 tasini topdim va qolganini ham aniqlishim bilan jamoatchilikka eʼlon qilaman. Yuqorida tafsili keltirilgan ishlar ana shularning 2 tasi xolos.
Abdurahmon Tashanov, Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi jamoatchilik kengashi aʼzosi