So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Muammo ketidan muammolar: Klasterlar va fermerlar oʻrtasidagi munosabatlar haqida...
“Klaster fermerni har koʻyga solishi mumkin va bu uchun unga nisbatan biron chora koʻrilishi amri mahol. Oʻgʻit, yoqilgʻi va boshqa manba-yu vositalarni birjadan arzon olib, fermerga qimmat sotish, toʻlovlarni vaqtida qilmaslik, paxta qabul qilish punktlarida mahsulot sortini pasaytirish va hokazo, va hokazo ishlar – bularning barchasi haqida bizga juda koʻp murojaatlar tushgan. Fermer dod desa, hech kim eshitmaydi.

Qishloq xoʻjaligi klasterlariga nisbatan har qanday tanqidiy chiqishlar oʻsha klasterlar tomonidan qarshilikka uchraydi:
“Biz koʻplab ishchi oʻrinlari yaratyapmiz, mahsulot ishlab chiqaryapmiz” deb chiqishadi, bloger-u jurnalistlar uchun press-turlar uyushtirishadi va hokazo.
Ammo masala qaysidir korxonalarning “yaxshi yoki yomonligi”da emas, gap istiqboli koʻrimsiz boʻlishi avvaldan maʼlum boʻlgan, bozor tamoyillariga zid, hech bir tomonga xotirjam, vijdon tinch boʻladigan holatda ishlash imkonini bermaydigan tizim shakllanganida.
U yer-bu yerda paydo boʻla boshlagan, fermerlarning koʻngilli birlashuvi asnosida kurtak ola boshlagan qishloq xoʻjaligi kooperativlari mahalliy maʼmuriy idoralarning noqonuniy qarshiligiga uchraganini yoritgan edik.
Shu yerda aytish kerakki, soʻz erkinligi boʻlmaganda bunaqa holatlarni jamoatchilik bilmay ham qolardi, va “oʻzboshimcha fermerlar”ning ovozi allaqachon oʻchirilgan boʻlardi...
Nega kerak boʻldi bu idoralarga ikki tadbirkorlik subyekti ishiga aralashish degan savolga javob shuki, qishloq xoʻjaligi sohasi hamon katta korrupsion maydonligicha qolmoqda.
Va buning hech hayratlanarli joyi yoʻq – fermer oʻz mahsulotini oʻzi egalik qiladigan tizim shakllanmaguncha, uning mehnati mahsulini korrupsion yoʻl bilan oʻzlashtirishga urinish – tabiiy hol. Madomiki, muayyan mahsulotning egasi aniq emas ekan, unga turli yoʻllar bilan “egalik” qilishga uriniladi – korrupsiya uchun tayyor ozuqa va maydon".
Shokir Sharipov, jurnalist



