So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
ERIELLning yil sarhisobi: nimalarga erishildi?
ERIELL kompaniyalar guruhi amalga oshirilgan barcha loyihalar boʻyicha 2022-yil yakunlarini sarhisob qildi. Bunda nafaqat neft servis sohasi, balki ijtimoiy sohadagi qizgʻin faoliyat ham muhokama qilindi.
Oʻtgan yili neft-gaz sohasida Prezidentning “2017-2021-yillarda uglevodorod hom-ashyosini qazib olishni oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” gi qaror ijrosini taʼminlash maqsadida 2017-yilda qabul qilingan dastur jadal surʼatlarda amalga oshirildi.
U yangi quduqlarni qurish, mavjudlarini kapital taʼmirlash, shuningdek, texnologik obyektlarni yaratish vazifalarni oʻz ichiga oladi. Ushbu dasturni amalga oshirish uglevodorodlar yetkazib berish geografiyasini, xususan, Oʻzbekiston uchun strategik yoʻnalishlardagi hamkorlikni sezilarli darajada kengaytirishga xizmat qiladi.
Dastur doirasida 33 ta quduq ulanib, 44 tasi obodonlashtirildi. Bundan tashqari, 68 ta quduq elektrkimyoviy himoyalanib, 45,8 kilometrlik shleyf gaz quvuri qurildi. Yana shuningdek, 29 kilometrlik avtomobil yoʻllari qurildi.
Kompaniya 2022-yilda “Oʻzbekneftgaz” AJ bilan hamkorlikda 30 ta quduq qurilishini yakunladi. Sanoat Energetika Guruhi MCHJ XK bilan hamkorlikda esa 65 ta quduqni burgʻulash va 53 ta quduqni qurish ishlarini nihoyasiga yetkazdi.
Surxondaryo viloyatida joylashgan “Mustaqillikning 25 yilligi” koni ERIELL kompaniyasining eng katta va eng murakkab loyihasi hisoblanadi. Kompaniya axborot xizmatining maʼlum qilishicha, 2022-yilda “Mustaqillikning 25 yilligi” loyihasi boʻyicha 18035 metr uzunlik burgʻulandi va burgʻulangan 3 ta quduq topshirildi. Yil yakunida 2 ta quduq sinovdan oʻtkazildi va oʻzlashtirildi. Ikkita quduqda oʻzlashtirish va sinovdan oʻtkazish boʻyicha kompleks ishlar olib borilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, 2022-yilda kompaniya tomonidan 15 ta xayriya aksiyasi oʻtkazilib, ularda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan iborat boʻlgan 500 nafardan ortiq insonga manzilli yordam koʻrsatilgan.
ERIELL kompaniyasi “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” loyihasining Bosh homiysi hisoblanadi. Kompaniya rahbari Baxtiyor Fazilov Butunjahon jamiyati Vasiylik kengashining raisi boʻlib, u 2022-yilda Parijda Yevropa Ittifoqi, Oʻrta yer dengizi va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida falsafiy va madaniy tadqiqotlar hamda hamkorlikni ragʻbatlantirgani uchun AVICENNIA INTERNATIONAL PRIZE xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan.
Eng muhim maʼlumotlardan biri, 2022-yilda kompaniya tomonidan 1000 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratilgan.
Reklama huquqi asosida