Qidirish

21:36 / 2023-02-08 254 0 Maqolalar

Samarqand xalqaro texnologiya universitetida zamonaviy kampus quriladi

Kampusda talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun zamonaviy yotoqxona binosi hamda ularning faol hordiq chiqarishi maqsadida sport inshootlari qurish ham koʻzda tutilgan.

world-news

Yaqinda Samarqand xalqaro texnologiya universiteti faoliyati boshlangani haqida universitet axborot xizmati maʼlum qilgan edi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, sentyabr oyidan universitet oʻzining yangi innovatsion kampus binosiga ega boʻladi.

Zamonaviy uslubda qurilayotgan kampusda universitetning oʻsib borayotgan imkoniyatlari toʻliq inobatga olingan. Ayni vaqtda universitetning “Tadbirkorlik va menejment” va “Axborot texnologiyalari” fakultetlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bilan bir qatorda “Koreya texnologiya va madaniyati kolleji” ham oʻz faoliyatini boshlagan.

Kampus binosining qurib bitkazilishi natijasida universitetda yana “Energetika”, “Togʻ-kon sanoati”, “Neft va gaz muhandisligi”, “Yashil texnologiyalar”, “Raqamli iqtisodiyot va elektron tijorat”, “Sanoat va fuqarolik dizayni” hamda bakalavriatning boshqa yoʻnalishlariga ham talabalar qabul qilina boshlaydi.

Zamonaviy universitet tuzilmasi ham fundamental bilimlarga, ham tadbirkorlikka boʻlgan ehtiyojlarga moslashuvchanlikka asoslangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-60 sonli Farmoniga asosan Samarqand xalqaro texnologiya universitetining tashkil etilishiga ham aynan taʼlim va ishlab chiqarishning amaldagi uygʻunligi asos boʻla oldi.

Mazkur universitetning tashkil etilishi davlatimiz rahbari tomonidan 2026-yilgacha Oʻzbekistonda nodavlat oliy taʼlim muassasalari sonini kamida 50 taga yetkazish boʻyicha belgilangan maqsadning bir qismi hisoblanadi.

“ERIELL” kompaniyasi boshqaruvi raisi Baxtiyor Fozilov homiyligida ish boshlagan universitetning yangi binosi qurib bitkazilishi qisqa muddatlarda, aniqrogʻi joriy yilning sentyabr oyiga qadar yakunlanadi. Unda zamonaviy, jahon talablari darajasidagi kutubxona shuningdek, Tillar markazi (Language Center), Axborot texnologiya markazi (IT Center), WIN Center (Samarqand-California), shuningdek, abituriyentlar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan Tayyorlov maktabi va Oʻzbek tili madaniyati markazi kabi bir qator markazlarni tashkil etish uchun tegishli auditoriyalar ajratiladi.

Kampusda talabalar va professor-oʻqituvchilar uchun zamonaviy yotoqxona binosi hamda ularning faol hordiq chiqarishi maqsadida sport inshootlari qurish ham koʻzda tutilgan.

Xalqaro standartlar va metodikalar asosida puxta ishlangan taʼlim strategiyasi zamonaviy muhandis kadrlarni tayyorlash imkonini beradi.

Shuningdek, kampusda yaratilayotgan sharoitlar SXTUni Oʻzbekistondagi nufuzli innovatsion-texnologiya universitetlardan biriga aylanishiga zamin yaratadi.

Xalqaro standartlar va metodikalar asosida puxta ishlangan taʼlim strategiyasi zamonaviy muhandis kadrlarni tayyorlash imkonini beradi.

Bundan tashqari, kampusda yaratilayotgan sharoitlar SXTUni Oʻzbekistondagi nufuzli innovatsion-texnologiya universitetlardan biriga aylanishiga zamin yaratadi.

Izohlar 0

Fikr bildirish