So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
“Vagner” bilan jang qilish “zombi filmi”ga oʻxshaydi» — ukrainalik askar
Urush dahshatida kun kechirayotgan ukrainalik askarlar CNNʻga intervyu berdi.
Baxmut shahrining janubi-gʻarbda, ukrainalik askarlar Andrey va Borisich muzlagan tuproqqa qoʻyilgan sham yorigʻi bilan yoritilgan bunkerda yashaydilar.
Bir necha haftadan beri ular Rossiyaning xususiy harbiy shirkati boʻlgan “Vagner”ga qarashli yuzlab askarlarga qarshi Ukraina mudofaasida jang olib borishmoqda.
Balaklava kiyib olgan Andrey, “Vagner” jangchilarining hujum toʻlqinlariga uchraganida, oxiri yoʻqday boʻlib tuyilgan otishmani hikoya qilib berdi.
Foto. Borisich va Andrey / skrinshot
“Biz toʻxtamay 10 soatcha jang qildik. Bu shunchaki jang emas edi, toʻxtovsiz otishmalar, uzluksiz oʻqlar yomgiri edi. Vagnerchilar bostirib kelishni toʻxtatishmadi"
Andreyning aytishicha, ularning AK-47 miltiqlari doimiy oʻq otishidan shunchalik qizib ketgandiki, ularni doimiy ravishda oʻzgartirishga toʻgʻri kelar edi.
“Vagnerchilar Rossiya qamoqxonalaridan toʻgʻridan-toʻgʻri yollangan askarlardan iborat jamoa edi. Ular harbiy taktikani yaxshi bilishmas va deyarli harbiy ekipirovkasiz edilar. Koʻpchiliklari, agar ular olti oylik shartnomadan omon qolishsa, kameraga emas, balki uyga qaytishlariga umid qilishardi.
Foto. “Vagner” jangchilarining joylashuvi /CNN
Ularning guruhi - aytaylik, 30 metrga 10 tadan askardan toʻgʻri kelardi, ular pozitsiyani saqlab qolish uchun okopda joylashishar edi”, — deydi Andrey, “Vagner” haqida.
Uning soʻzlariga koʻra, yana bir guruh yana 30 metrni oʻzlariniki qilish uchun ergashadi.
Foto. “Vagner” jangchilarining taktik uslubi
"Shunday qilib, bosqichma-bosqich (Vagner) oldinga intilmoqda, shu bilan birga ular koʻp odamlarni yoʻqotmoqda. Birinchi toʻlqin tugasa yoki qisqartirilsa, “Vagner” Ukraina pozitsiyalarini bosib olish uchun koʻpincha oʻng va chap qanotlaridan tajribali jangchilarni yuboradi"
Andrey vagnerchilarga qarshi jangni zombi filmidagi sahnaga qiyosladi.
“Ular oʻz doʻstlarini jasadi ustiga chiqib, inson kabi emas balki, hayvondan battar tahqirlashyapti. Aftidan, ular hujumdan oldin baʼzi bir psixatrop dorilarni isteʼmol qilgan boʻlishlari mumkin”, - deydi u.
Birinchi toʻlqinlar bartaraf etilganidan keyin ham ular tomonidan oz-ozdan boʻlsada hujum davom etdi, chunki ukrainalik askarlarning oʻqlari tugab, oʻzlari qurshovda qolishganini aytdi.
“Muammo shunda ediki, vagnerchilar kutilmaganda bizni aylanib oʻtib, oʻrab olishdi. Biz oxirgi oʻq tugagunigacha oʻq uzdik, qoʻlimizdagi barcha granatalarni tashladik va faqat meni va bir nechta yigitlarni qolida granatalar qoldi.
Biz bu vaziyatda ojiz edik, ammo bir ozdan soʻng bizga omad kulib boqdi. Ukrainalik jangchilar soʻnggi daqiqagacha vagnerchilarni ushlab turdi, keyin “Vagner” askarlari kun oxirida qurol-yaroqlari tugagach chekindi.
Andreyning boʻlinmasi “Vagner”ning bir jangchisini qoʻlga olganini aytdi, uning hikoyasi “Vagner”ning taktikasi ibtidoiy va shafqatsiz boʻlgani kabi fojiali deb tarif bergan.
Soʻroq qilinayotgan odamning yozuviga koʻra, erkak muhandis boʻlib, u pul topish uchun giyohvand moddalarni sotish bilan shugʻullangan.
U “Vagner”ga ixtiyoriy ravishda qoʻshilgan, qoʻshilishdan maqsad barcha jinoyatlari bekor qilinishi, shunda qizi advokat boʻlish orzusida amalga oshiradigan maqsadlarida kamroq muammolarga duch kelishini aytdi.
“Siz goʻsht ekaningizni qachon tushindingiz?" - deb soʻradi Andrey.
“Birinchi jangovar topshiriqda. Bizni 28-dekabrda frontga olib kelishdi, kecha oldinga joʻnatishdi”.
“Guruhda nechta odam bor edi?”
“Oʻnta”, deb javob beradi u.
Andreyning aytishicha, u muhandisga shunday degan: “Siz (jangda) halok boʻlishingizni bilasiz. Ammo siz oʻz mamlakatingizda erkinligingiz uchun kurashishdan qoʻrqasiz."“U:” Ha, bu haqiqat. Biz Putindan qoʻrqamiz dedi."
Andrey Rossiya prezidenti Vladimir Putinni yaqinda mamlakatning Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga taqqosladi.
“Bizning afzalligimiz shundaki, biz [ruslar] masxaraboz deb ataydigan yigitni, biz haqiqiy Prezident deb atay olamiz. Va biz koʻrib turganimizdek, endi bu yigit haqiqatan ham bizning sayyoramizda erkin dunyoning yetakchisi”, — deb tarifladi.
Janubi-gʻarbiy Odessa shahridan boʻlgan va Rossiya bosqinidan bir necha kun oʻtib safga qoʻshilgan Andrey oʻz pozitsiyalariga bostirib kirish uchun yana qancha jangchi yuborilmasin, ular qarshilik koʻrsatishini aytdi.
“Yigitlarimning aksariyati koʻngillilar. Ularning yaxshi bizneslari, yaxshi ishlari, yaxshi maoshlari bor edi, lekin ular vatanlari uchun jang qilishga kelishgan. Va bu askarlar sizlarning askarlaringizdan katta farq qiladi.
Bu ozodlik uchun urush. Bu hatto Ukraina va Rossiya oʻrtasidagi urush emas. Bu erkinlik va demokratiya oʻrtasidagi urush”, - deya oʻz soʻzini yakunladi ukrainalik askar.
Ma'lumot uchun, Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligi “Vagner” XHKni terrorchilik tashkiloti sifatida belgilash rejalarini ishlab chiqmoqda.
Qayd etilishicha, bundan keyin Britaniyada XHKga tegishli boʻlish, uning tadbirlarida qatnashish va jamoat joylarida ramzlarni taqib yurish jinoiy harakatlar hisoblanadi.
Izzatilla Nigʻmatillayev tarjima qildi