So`ngi yangiliklar
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
Mening ismim Muslima. Men 12 yoshdaman. Men endi oralaringizda yoʻqman...
Bunday xabarlarni eshitgan har qanday odamning eti jimirlab ketadi, anomal sovuq, “svet” yoʻqligi yoki gaz muammosi buning oldida chikora boʻlmay qoladi.

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida bir norasida qiz vahshiy odam qoʻlida hayotdan bevaqt koʻz yumdi. Bunday xabarlarni eshitgan har qanday odamning eti jimirlab ketadi, anomal sovuq, “svet” yoʻqligi yoki gaz muammosi buning oldida chikora boʻlmay qoladi.
Bu voqeadan xabardor boʻlmagan kishi qolmagan boʻlsa kerak, lekin shunday boʻlsa-da eslatib oʻtamiz, Joriy yilning 31-yanvar kuni Yangihayot tumanida zoʻrlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topildi.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v,z” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Jinoyat ishi boʻyicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022-yilning yoz oyilarida yollanma ishchi sifatida ishlagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda 12 yoshli Muslimaning vahshiylarcha oʻldirilgani barchada birdek nafrat hissini uygʻatmoqda. Facebook faoli Barno Sultanova vafot etgan qizchaning ichki kechinmalari toʻgʻrisida taʼsirli post yozdi.
“Mening ismim Muslima. Men 12 yoshdaman. Men endi oralaringizda yoʻqman. Meni oʻldirishdi. Oʻsha kuni dugonam bilan maktabdan kelayotgandim. Biz qorning kir boʻlib ketayotgani haqida gaplashdik. Mazza qilib qorga toʻyganimizni gaplashdik. Dugonamning qoʻlidan ushlab keldim. Uning qoʻllari issiq va yumshoq edi.
Keyin yoʻl boshida ayrildik. Orqamda qoʻshnimiz-amaki kelayotgan edi. Meni chaqirdi. Men u amakini yaxshi bilardim. Uyimizda yozda ishlagan edi. Men toʻxtadim. Senga qiziq narsa koʻrsataman dedi.
Men ergashdim. Men u amaki meni qiynamaguncha yomon amaki qanaqa boʻlishini bilmasdim. Meni boʻgʻayotganda, va hatto oʻlayotganimda ham oʻlim nimaligini bilmasdim.
Hozir ham bilmayman oʻlim nima? Chunki men 12 yoshda edim, bu haqda biron marta oʻylamagandim. Men uyalaman va qoʻrqaman. Meni shunaqa azoblashganidan uyalayapman.
Mening yaqinlarim ismimni aytib izlashayotganda men sovuq va ogʻir toshlarning ostida edim, men hammasini eshitib yotardim. Ular kech qolishgandi, men oʻlib boʻlgandim.
Hatto amaki yuzimga tosh bilan urayotganda ham oʻlib boʻlgandim. Boʻldi boshqa urmang, deganimni eshitmadi. Oʻlganlar gapirmaydi deb oʻylagan boʻlsa kerak.
Shunda ham meni UYAT hissi tark etmagandi. Qanday koʻrinaman ularga... Ularga bu yerdaman deb aytgim kelardi, aytdimam ammo hech kim meni eshitmadi. Yana men izlayotgan boshqa amakilardan ham qoʻrqib qolgandim. Men dugonam meni topishini istardim. Men negadir faqat unga dardimni ayta olaman deb oʻylardim.
Meni topishdi. Negadir hamma yigʻladi. Meni koʻtarib OLIB ketishdi, bir poy etikcham yoʻqoldi, sumkamdan yaxshi koʻrgan ruchkam ham tushib qoldi. Ustozim yodlashga bergan yaxshi inson haqidagi sheʼrni ham yodlay olmagandim. Mening kundaligim, daftarlarimga oʻsha kuni uy vazifasi yozilmadi.
Bu yerda oʻzimga oʻxshagan qizaloqlar juda koʻp. Ana 14 yoshli opacha, ana 7 yoshli Natasha, meni yetaklab boshqalar bilan tanishtirayotgan 4 yoshli Zilola, 6 yoshli Emma, oʻzi qora, sochlari jingalak afrikalik 5 yoshli Nadiza, biz juda koʻpmiz. Bizni bitta birlashtirib turgan narsa bor — biz qizaloqlarmiz — biz farishtachalarmiz. Hammamizni yomon amakilar qiynagan, oʻgʻirlab ketishgan, oʻldirishgan. Ota-onalarimiz, yaqinlarimiz bizni yaxshi koʻrishardi.
Dugonam yigʻlab koʻzlari shishib ketdi. Bilaman bizni hech qachon unutishmaydi... Mening ismim Muslima, men 12 yoshdaman. Meni yomon amaki zoʻrladi va oʻldirdi”
Mazkur postga 1800 tadan ortiq izoh qoldirildi, ular ichida “Murad Buildings” ham bor:
“Kuchli yozibtilar. Oʻpkalarim toʻlib ketdi. Meni ham qizlarim bor, uning ustiga birlarining ismi Muslima. Juda qattiq taʼsirlandim…”




Izohlar 10

Bahodir Eshqobilov
2023-Feb-04 09:13
Yuldasheva Oisha
2023-Feb-04 11:09
Saydinov Jahongir
2023-Feb-04 13:47
Havasxo Parpieva
2023-Feb-04 14:48
Maqsud
2023-Feb-04 15:16
Ендирбаев Улугбек
2023-Feb-04 16:36
Qodirov Furqat
2023-Feb-04 21:42
Nodira Yunusovna
2023-Feb-04 23:24
Shodiya
2023-Feb-05 00:55
Иродахон Мансурова
2023-Feb-05 14:14Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir

