So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Effect.uz surishtiruvi. Benzin “zapravkalar”da vaziyat qanday?
Aholi talabiga koʻra, Effect.uz jamoasi AYOQSHlardagi holatni oʻrganishni boshladi.
Oʻzbekistonda kuzatilgan anomal sovuq ortda qoldi, kunlar isishni boshladi. Ammo ushbu ayozli kunlar mamlakatda koʻplab kamchiliklar borligini yaqqol koʻrsatib qoʻydi.
Energetika tizimimizda katta “gʻovak” borligi koʻrinib qoldi. Tizimdagi kamchiliklar tufayli bir nechta “katta”lar ishdan boʻshatildi. Hukumat tomonidan favqulodda qarorlar qabul qilindi, qilinmoqda...
Ana endi asosiy mavzuga oʻtsak, kuz-qish mavsumiga yetarlicha tayyorgarlik koʻrilmagani ortidan Oʻzbekistondagi barcha metan “zapravkalar” ishdan chiqdi. Uning oʻrniga aholiga muqobil variant sifatida benzindan foydalanish tavsiya etildi.
Buning ortidan AYOQSHlarda tabiiyki turnaqator navbatlar yuzaga kelmoqda va hattoki haydovchilar oʻrtasida mushtlashuvlar ham boʻlayotganini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib turibmiz.
Aholi talabiga koʻra, Effect.uz jamoasi AYOQSHlardagi holatni oʻrganishni boshladi.
Oʻrganish ishlarini “Oʻzbekneftegaz”ga qarashli “UNG Petro” Qorasuv-73 AYOQSHdan boshlandi.
Oʻrganish ishlari davomida hozirda xaridorgir va defitsit boʻlayotgan AI-80 markali benzini haydovchilarga uzluksiz yetkazib berilayotganiga guvoh boʻldik. Shuningdek, ushbu “zapravka”da AI-92, AI-95 va dizel yoqilgʻilari mavjud.
AYOQSHda katta operator lavozimida faoliyat olib borayotgan Aʼzam Yakubov “zapravka” 24/7 rejimida ishlayotganini maʼlum qildi.
Foto: Aʼzam Yakubov / UNG Petro katta operatori
“Kunlar sovuq boʻlishiga qaramasdan xodimlarimiz yaxshi ishlab berishyapti, AI-80 markali benzinimiz bor, “zapravka”da turnaqator navbatlar yuzaga kelishiga qaramasdan xalqqa uzluksiz xizmat qilyapmiz. Mijozlarimizga qulaylik tugʻdirish maqsadida ularga kofe va issiq choy tarqatilmoqda”, — deydi katta operator.
Foto: “UNG Petro” tomonidan tashkil qilingan isinish xonasi
Shuningdek, AYOQSH rahbariyati tashabbusi bilan isinish xonalari tashkil qilingan. Bu esa navbatda turgan haydovchilarga ancha qulaylik yaratmoqda. Effect.uz jamoasi AYOQSHlardagi vaziyatni oʻrganishni davom etadi...



