So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Singapur bilan yaqin istiqboldagi hamkorlikning beshta asosiy yoʻnalishi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Singapurga tashrifida mezbon mamlakat Bosh vaziri Li Syan Lun bilan muzokaralarda yaqin istiqboldagi hamkorlikning beshta asosiy yoʻnalishini koʻrsatib oʻtdi.

1: Inson kapitalini rivojlantirish va davlat boshqaruvi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash. Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi ishtirokida boshqaruv, shaharsozlik, infratuzilmani rivojlantirish, raqamli transformatsiya, innovatsiyalar, taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarida birgalikda davlat xizmatchilarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturini amalga oshirishga kelishib olindi. Shuningdek, Davlat boshqaruvi akademiyasi negizida Singapurning yetakchi ekspertlarini jalb qilgan holda davlat xizmatchilarini intensiv qayta tayyorlash dasturi ishga tushiriladi.
2: Singapurni Oʻzbekistondagi xususiylashtirish jarayonlariga jalb qilish. Muzokaralarda Singapurning yetakchi kompaniyalari ilgʻor tajribasi, zamonaviy texnologiyalari va boshqaruv usullaridan foydalangan holda Oʻzbekistonning yirik korxonalarini xususiylashtirish dorasidagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi. Davlat korxonalarini transformatsiya qilish va tarkibiy oʻzgartirish, keyinchalik ularni IPOga chiqarish va tashqi investitsiyalarni jalb qilish uchun qoʻshma Investitsiya jamgʻarmasini tuzish taklif qilindi.
3: Ilgʻor “yashil” texnologiyalar va raqamli yechimlarni jalb qilish. Singapurning raqamlashtirish sohasidagi yutuqlarini joriy qilish, shuningdek, ushbu mamlakatning “yashil” rivojlanish boʻyicha innovatsiyalari va texnologiyalarini qoʻllash imkoniyatlari muhokama qilindi.
4: Shahar infratuzilmasi va kommunikatsiyalarni takomillashtirish. Shaharlarni rejalashtirish va qurilish, koʻkalamzorlashtirish, kommunal xoʻjalik sohalarida hamkorlik boʻyicha tadbirlar kelishib olindi. Oʻzbekistonda infratuzilma va tarmoq loyihalarini amalga oshirish boʻyicha qoʻshma Loyihalashtirish va injiring markazini tashkil etish boʻyicha kelishuv bu boradagi birinchi qadam boʻldi.
5: Investitsiyalar va oʻzaro savdoni kengaytirish, Singapurning yetakchi kompaniyalari bilan qoʻshma loyihalarni ilgari surish.



