So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Hal qiluvchi palla: qaysi yoʻlni tanlaymiz?
Kuni kecha Gazeta.uz bir nechta manbalarga tayanib, Rossiya oʻz gazini Oʻzbekistonga Qozogʻiston orqali, “Markaziy Osiyo – Markaz” quvurlar tarmogʻida yetkazib berishni taklif qilganligini yozdi.
Buning uchun Rossiya Oʻzbekistonning gaz-transport tizimini bozor narxida “Gazprom” egaligiga oʻtkazishni talab qilmoqda.
Xuddi shunday talab “Qozoqgaz” kompaniyasiga nisbatan ham qoʻyilgan, lekin kompaniya buni rad etgan.
Shuningdek, Rossiyaning yana bir sharti Xitoyga gaz eksporti huquqini topshirish boʻlgan. Yaʼni “Gazprom” kelishuvda Oʻzbekistonning “UzGasTrade” kompaniyasi oʻrnini egallashni taklif qilmoqda.
Agar bu talablarga rozi boʻlinsa tom maʼnoda Oʻzbekiston energiya sohasida Rossiyaga qaram boʻladi, deyish mumkin.
Bu aslo yoʻq qoʻyib boʻlmaydigan holat!
Kamiga Turkmanistondan gaz olish boʻyicha kelishuvlar ham bosim ostida qolib ketmoqda. Katta ehtimol bilan bunga ham Rossiya aralashgan.
Afsuski bugungi sovuq kunlardagi energiya taʼminotidagi muammolar sabab odamlarda boʻlayotgan norozilik kayfiyati Rossiya foydasiga oʻynamoqda.
Bu ketishda Oʻzbekiston rahbariyati odamlardagi eʼtirozlar sabab Rossiyaning shartlarni qabul qilish evaziga tezkor gaz olishni yagona yoʻl sifatida koʻrayotgan boʻlishi mumkin.
Sovuqdan qiynalayotgan odamlarimizdagi kayfiyat ayni oʻrinda Rossiyaning oʻz talablarini Oʻzbekistonga oʻtkazish uchun qoʻl keladi.
Bu vaziyatda oldimizda ikkita yoʻl qolmoqda: yo Rossiyaning barcha shartlariga koʻnib, energiya qaramligiga tushamiz yoki sabr matonat bilan sovuqni yengib oʻtib, energiya mustaqilligiga erishamiz.
Tanlovning qanday boʻlishi odamlarimizning vaziyat boʻyicha pozitsiyalariga bogʻliq boʻladi.
Lekin shaxsan men bu masalada Rossiyaga qaram boʻlmaslik tarafdoriman va kelajagimiz uchun qancha sinov, qiyinchilik boʻlsa chidashga tayyorman.
Sobiq va sodiq deputat Rasul Kusherbayev