Qidirish

06:13 / 2023-01-16 3269 6 Maqolalar

Bosh vazirni syomka qilgan jurnalistlarning xoliga maymunlar yigʻladi, qani Prezident aytgan ochiqlik? Umidimizni soʻndirasizlarmi..

15-yanvar kuni Bosh vazir Abdulla Aripov, Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev, Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov muammoli masalalarni oʻrganish boʻyicha Chilonzor Elektr tarmoqlari korxonasiga bordi.

world-news

Biz ularning kelishini bilmagan edik, boshqa masala boʻyicha kameralarimiz bilan ETK binosiga kelishimiz bilan, “PPP” mashinalari kelishni boshladi. Kortejning asosiy marshrutidan Bosh vazir Aripov, hokim Ortiqxoʻjayev, vazir Mirzamahmudov tushib keldi va ikki fuqaro bilan gaplashishni boshladi.

Effect.uzʻning muxbir va operatorlari holatni videoga olishni boshlashdi, qariyb 2-3 daqiqa video olganimizdan soʻng chetdan “grajdanskiy” formadagilar kelib, “nimaga ovossan”, “kimsanlar” degan savolni bera boshlashdi. Oʻzimizni tanishtirib, aytdik: “jurnalistlarmiz, ishlayapmiz” deyishimizni bilaman vaziyatga OMON, IIB xodimlari aralashishni boshladi.

Xullas, ularga tushuntira olmadik. “Tiq bularni, yoʻqot bu yerdan umuman”, degan muomaalaga duch keldik, keyin kameramizni tortib olmoqchi boʻlishdi. Bermaslikka harchand harakat qilsak, ham kuch ishlatib tortib olishdi, avtobusga olib chiqib bir-biriga “koptok”dak uloqtirdi, kiyimlarimiz yirtilib, badanlarimiz koʻkarib ketdi, bizni aybimiz nima?

Qachondan boshlab, Bosh vazirni syomka qilgan jurnalistlarni OMON, IIB xodimlari kamerasini tortib oladigan boʻlgan. Yaxshiyamki, 60 nafar odamning kallasi yetmagan ishni amalga oshirgan (kortej kelgach hatto ETK binosida yoritish yoʻq, edi A.Isroilxonovning qoʻlidagi projektor-yoritgich bilan Bosh vazir yurgan yoʻllarni yoritgandik) boshqa bir xodimimizni avtobusga olib chiqishmagan ekan.

U holat boʻyicha ofisdagilarga xabar berdi, sobiq deputat Rasul Kusherbayev bizni olib borib qoʻygan GOMga yetib keldi. Tuman IIB boshligʻining kelishini kutishdi, Alisher aka Kusherbayev bilan kelgach, vaziyat butkul oʻzgarishni boshladi.

Aks holda, soxta xolis guvohlar, uyushtirilgan ustimizdan ariza, jamoat tartibini buzish aybi va kamida 15 sutka boʻynimizga ilingan boʻlardi. Ustiga-ustak videolarni koʻrish va tozalash uchun ekspert qayerdandir yetib keldi. Xullas, bilmadim, bunday ketishda qayergacha boramiz.

Operatorimizni OMONni bollari urib, yerga yumalatgandi, lekin shunda ham I***** kamerani ularga topshirib qoʻymagandi, kameramizni faqat avtobusda olib qoʻya olishdi. Achinarlisi, hech narsa qoʻlimizdan kelmadi, aytarli hech narsa qila olmadik, chunki bunday boʻlishini tushimizda ham tasavvur qilmagan edik.

Bosh vazir ham odamku, nima uni qilayotgan amaliy ishini yoritishni istagan jurnalistlar 1 yil avval xat berib, 1 yildan keyin qayerga borasiz deb kutib oʻtirishi kerakmi?

Qani bu yerda Prezident aytgan OCHIQLIK? QANI??? NEGA??? JURNALISTLARDAN QOʻLINGNI TORT, UMUMAN...

XALQQA, VATANGA SADOQATLI ISHLASHNI OʻZINGA MAQSAD QILIB QOʻYDINGMI DEMAK SHUNDAY BOʻLIB QOL, BUNGA MAJBURSAN, CHUNKI SEN ALLAQACHON YANGI OʻZBEKISTONDASAN.

Grajdanskiy formadagi ishlaringni balki eski Oʻzbekistonda qilganingda hech kim indamagandir, lekin hozir u ishlaringni qilolmaysanlar. Nafratlanaman bunday odamlardan, nafratlanishadi sendaylardan.

“Nimaga ovossan” deyotganingda oʻylab gapir, biz ham birovni bolasimiz, ammo sen kabi emasmiz, kuniga svet boʻyicha 500 dan ortiq murojaat keladi bizga, qani mard boʻlsang aytchi: qish tugashiga bir yarim oy qolganda atigi 2 dona video bilan shunchalik EFFEKT boʻldiku.

Atigi 2 ta video bilan issiq xonangdan chiqib odamlarni orasiga keldingku, kelasan ham...

Aytdimku, majbursan ishlashing kerak, XALQ qiynalyapti, ular seni kabeling kuyib ketganini, transfarmator yonib ketganini tushunishmaydi, tushunmaydi ham.

Qishni gʻamini yozda yemaganlar, qish kelib odamlar oʻlganda ishchi guruh tuzasanmi. “POZOR” BUNDAYLARGA, SHUNCHAKI POZOR. ICHKI ISHLAR VAZIRI POʻLAT BOBOJONOV BUTUN JAMOASI BILAN ISTEʼFO BERSIN!

Shu yozganlarim uchun ham ertaga meni taqib qil, ofisimni oldiga begona odamlarni yolla, senlar qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarasanlar, xayf sendaylarga, sendaylar bilan bitta tuproqda boʻlganimdan koʻra oʻlganim yaxshi, senlarga ham YAGONA ALLOH BOR. MEN BUGUN FAQAT ALLOHDAN YORDAM SOʻRADIM...

Effect.uz rahbari – Akmal Eshonxonov

Izohlar 6

Эркинжон
2023-Jan-16 10:14
Акмалжон, рухингизни туширманг ! Пўлат оловда тобланади. Инсон эса ички ва ташқи душманлар билан курашда тобланади. Булар халқ душмани, халқ ва давлат рахбарлари орасига низо солувчи ички душманлардир !!!
baliq boshidan
2023-Jan-16 11:26
bularga OLLOH kifoya.
Анвар 1
2023-Jan-16 11:43
Ман кеча фейсбукда езганидим бош вазирри алмаштириш кере диб, сабаби рахбарри ишларини ижросини хукумат рахбари бажаради а улар эса эплай олмаяпти. Президентимиззи узлари бош вазирликларида тинмасидила
Allohga soldik
2023-Jan-16 13:32
Vatanimizni yo’q qivoti bula hammasi, xalq umuman norozi senlardan, Allohga kifoya qildik senlarni, qiyomatda qabrlaring yonadi sendeklarni xalqni shunchalik qiynadilaring, Akmaloka siz jurnalistlar bilanmiz
Бобур Уринбаев
2023-Jan-16 15:27
Ислам Каримовни Даврида хам бунчалик халк кийналмаганди. Булар фиръавунларга ухшайди.
Jasurbek
2023-Jan-16 17:45
Mushkulingiz arisin
Fikr bildirish