So`ngi yangiliklar
Saida Mirziyoyevada yangi vakolatlar
Oʻzbekistonda dollar kursi yana pastladi
Qashqadaryoda daryoga choʻmilish uchun borgan ayollar choʻkib ketdi
Qoraqalpogʻistondagi tumanda jazirama sabab bogʻchalar yopildi
Antaliya sohillarida halokatga uchragan 2000-yillik kemadan noyob tarixiy ashyolar topildi
Chiqindi xizmatlaridan qarzdor abonentlarning avgust oyidan boshlab elektr energiyasi toʻloviga cheklov o‘rnatiladi
Anqara “2026-yil Turk dunyosining turizm poytaxti” deb eʼlon qilindi
Oʻzbekiston Hukumatining Gulnora Karimova boʻyicha rasmiy pozitsiyasi eʼlon qilindi
“Oʻzbekneftgaz”: Joriy yilda eksport koʻrsatkichlari 460,0 mln AQSH dollariga yetkaziladi

“Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida tizimda olib borilayotgan islohotlar jamiyatning ishlab chiqarish boshqarmalari va zavodlarida ishlab chiqarilayotgan birlamchi va ikkilamchi mahsulotlarni nafaqat respublika ichida sotilishini, balki tashqi bozorga eksport qilinishining oshishiga ham olib kelmoqda.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Tijorat departamentining maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan 2022-yilda kompaniya uchun belgilangan maqsadli eksport koʻrsatkichlari prognozi 439,1 mln AQSH dollarini tashkil etib, amalda ushbu koʻrsatkichni yil yakuniga qadar 460,0 mln AQSH dollariga yetkazish va belgilangan rejani 104,8 foizga bajarish reja qilingan.
“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan ishga tushirilgan yirik investitsiya loyihalaridan biri “Uzbekistan GTL” zavodida ishlab chiqarilayotgan sintetik nafta mahsuloti joriy yil dekabr oyidan boshlab, ichki bozor talabini toʻliq qondirgan holda eksportga yoʻnaltirish boshlandi.
Eksport salohiyatini oshirish, shu jumladan eksport geografiyasi va nomenklaturasini kengaytirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi elchixonalari hamda konsullik idoralari bilan doimiy aloqalar oʻrnatilgan.
Jumladan “Uzbekistan GTL” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan sintetik dizel mahsulotiga Afgʻoniston standartlashtirish agentligidan muvofiqlik sertifikatini olish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Afgʻonistondagi elchixonasi bilan birgalikda zarur choralar koʻrilmoqda.
Bugungi kunda “Oʻzbekneftgaz” AJ mahsulotlari dunyoning 46 ta davlatiga eksport qilinmoqda, shu jumladan Turkiya, Latviya, Afgʻoniston, Xitoy, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Ukraina davlatlari “Oʻzbekneftgaz” AJning asosiy eksport hamkorlari hisoblanadi.
Jahon bozoridagi neft va gaz mahsulotlarining narx tendensiyasini oʻrganish hamda eksport narxlari darajasini optimallashtirish maqsadida “ICIS”, “ARGUS” va “S&P Global Platts” kabi xalqaro birja, marketing va narx agentliklari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Jamiyat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksporti xalqaro bozor kotirovkalari va bozor konyunkturasidan kelib chiqib amalga oshirilmoqda.
“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati



