So`ngi yangiliklar
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Asossiz tekshiruvlarni cheklaydigan yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda IELTS 9 ball olgan abituriyentlar soni 5 yilda 47 barobarga oshdi
Odam savdosi jinoyati boʻyicha gumonlanayotgan ayol Toshkentga ekstraditsiya qilindi
Endilikda unga nisbatan qonun doirasida jazo belgilanadi.
Kuni-kecha Kuala-Lumpurdan Toshkentga Oʻzbekiston Respublikasidagi Interpol milliy markaziy byurosi xodimlari hamrohligida odam savdosi jinoyati boʻyicha xalqaro qidiruvda boʻlgan va Malayziyada uzoq vaqt yashirinib yurgan jinoyatchi olib kelindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, ayblanuvchini qoʻlga olish Toshkent Interpol va Kuala-Lumpur Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi harakatlari va tezkor-axborot kuzatuvi hamda Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi vakillarining bevosita yordami bilan amalga oshirilgan.
Ushbu idoralar xodimlari tomonidan olib borilgan samarali harakatlar natijasida Malayziya hukumati tomonidan qidirilayotgan shaxsni ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingunga qadar gumon qilinuvchini qoʻlga olish va hibsga olishga muvaffaq boʻlishdi.
Ekstraditsiya masalasining ijobiy koʻrib chiqilishi natijasida qidiruvda boʻlgan ayol Toshkentga olib kelish uchun Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirildi. Endilikda unga nisbatan qonun doirasida jazo belgilanadi.