So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
DXX qirgʻizistonlik erkakni qoʻlga oldi. Uning mashinasidan 1 kg yaqin geroin chiqqan
Geroin moddasi tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan kontrabanda yoʻli bilan Toshkent viloyatining Bekobod tumani hududiga oʻtkazib berilgan.
Davlat xavfsizlik xizmatining Fargʻona viloyati boʻyicha Boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ogʻir turdagi giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.
Xususan, “Toshkent-Andijon” yoʻnalishida harakatlanayotgan “Nexia-2” rusumli avtomashina Namangan viloyatining Pop tumanidagi “Sherobod” yoʻl-patrul xizmati maskanida toʻxtatildi.
Avtomashina xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Andijon shahrida vaqtincha yashovchi, 1973-y.t. Qirgʻiz Respublikasi fuqarosiga tegishli 996 gr. “geroin” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Aniqlanishicha, tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan kontrabanda yoʻli bilan Toshkent viloyatining Bekobod tumani hududiga oʻtkazib berilgan ushbu ajal ogʻusini mazkur shaxs Fargʻona vodiysida sotishni rejalashtirgan.
Hozirda ushbu fuqaroga nisbatan DXX Fargʻona viloyati boʻyicha Boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.